C5H5N + 6H → C5H10NH (piperidin) .HJ bilan qo’shib qizdirilsa, n — pentanni hosil qiladi: C5H5N+11HJ → C5H12 + NH4J + 5J2 Ni katalizatori ishtirokida gidrogenlanib, amilamin (n — amino pentan)ni hosil qiladi: C5H5N + 4H2 → C5H11-NH2 Piridin (unirig gomologlari) uchlamchi aminlar singari asos xossasiga (Kasos= 1,7 ·10-9) ega, Shu sababli kislotalar bilan birikib, piridiniy ioni tuzlarini hosil qiladi. C5H5N + HCl → C5H5NHCl Piridin pikrin kislotasi (2, 4, 6 — trinitrofenol) bilan oddiy tuz va HgCl2, PtCl2, AuCl3 lar bilan qo‘shtuz hosil qilishidan foydalanib aniqlanadi. Tarkibida ikki va undan ortiq azot geteroatomlari bo‘lgan (tutgan) geterotsiklik birikmalar Tarkibida ikki va undan ortiq azot geteroatomlari bo‘lgan (tutgan) geterotsiklik birikmalar Bu birikmalar qatoriga pirimidin va purin qatori geterotsiklik birikmalari kiradi. Pirimidin: C4H4N2. Olti a’zoli geterohalqaga ega bo‘lgan birikma: Purin C5H4N4. Ikkita geterohalqa (6 — a’zoli va 5 — a’zoli) birikishidan (kondensatlanishidan) hosil bo‘lgan modda: Pirimidin va purin yon zanjiri (halqadan tashqari)da karbonil yoki amino gruppalari saqlagan birikmalami hosil qiladilar. Bu moddalar nuklein kislotalar tarkibiga kiruvchi organik (azotli) asos qoldiqni tashkil etib, biologik jihatdan tirik organizmlaming hayotini ta’minlab turuvchi asosiy moddalardir. Ular qatoriga: — pirimidin asosidagi birikmalar (timin, sitozin, uratsil); — purin asosidagi birikmalar (adeninvaguanin)lar kiradi. Bu moddalardan (pirimidin asosidagi 1—N-atomidan va purin asosidagilarning 9—N-atomidan) vodorod atomlarining ajralishi natijasida bir valentli radikallar (timil, sitozil, uratsil, adenil va guanil) hosil bo‘lib, ular nuklein kislotalarining azotli asos qoldiqlari vazifasihi bajaradi. Respublikamizda geterotsiklik birikmalar olish va ulaming xossalarini o‘rganishborasidaakademiklar O.S.Sodiqov va S. Yu. Yunusovrahbarlik qilganO‘zRFAO‘simlikmoddalari kimyosi vaO‘zRFA “Biorganik kimyo” institutlari olimlari muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borishayapti. S Y.Yunusov va O.S.Sodiqovlar alkaloidlar kimyosi sohasida katta ilmiy ishlar qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |