Mavzu: Geteroxalqali birikmalar sintezi


Ko‘p geteroatomli besh a’zoli geterotsiklik birikmalar


Download 36.63 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi36.63 Kb.
#1817921
1   2   3
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

Ko‘p geteroatomli besh a’zoli geterotsiklik birikmalar
Pirazollar asosan ikki usulda: atsetilen birikmalariga diazometan biriktirib va diketonlarga gidrazin ta’sir ettirib olinadi.

Bu usul bilan prof. A.G’. Maxsumov va uning maktabining olimlari pirazolning 100 dan ortiq yangi hosilalarini sintez qilib oldilar va ularning fiziologik faolligini o‘rgandilar.
Atsetilatsetonga gidrazin bilan ta’sir ettirilganda 3,5-dimetilpirazol hosil bo‘ladi:

Pirazol 1700C da suyuqlanadigan koistall modda. Uning hosilalari dori-darmonlar va bo‘yagichlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.


Pirazolon va uning hosilalari.
Pira’zolinning muhim hosilalaridan biri pirazolon hisoblanadi.

Pirazolonning hosilalari -ketokislota efirlariga almashingan gidrazinlar bilan ta’sir etib yoki gidrazin biriktirib olinadi.
1. 1883 yilda Knorr fenilgidrazinni atsetosirka efiri bilan ta’siri natijasida 1-fenil-3-metilpirazolo-5 hosil bo‘lishini kashf etdi:

2. Diketenga fenilgidrazin birikkanda ham yuqoridagi birikmalar hosil bo‘ladi:

1-fenil-3-metilpirazolON-5 uch xil tautomer shaklda mavjud bo‘lishi mumkin:

1-fenil-3-metilpirazoln-5-ni metil yiodid bilan alkillab antipirin (1-fenil-2,3-dimetil-pirazolon-5) hosil qiladi:



Bir getroatomli olti a’zoli geterotsiklik birkmalar.
1. A. Bayer suyakdagi yog‘lar pirolizga uchraganda akrolein va ammiak hosil bo‘ladi va ularning o‘zaro ta’sirlanishi natijasida 3-metilpiridin hosil bo‘ladi deb taxmin qiladi. Bayer akroleinni ammiak bilan o‘zaro ta’sir ettirish orqali 3- metilpiridin hosil bo‘ladi.

2. Piridin asoslari to‘yingan aldegidlar va ammiak ham hosil bo‘ladi. Sirka aldegidiga 2500C da ammoniy atsetat ishtirokida ammiak bilan ta’sir etish natijasida 69% unum bilan 2-metil-5-etilpiridin hosil bo‘ladi.
Piridin va uning gomologlarini to‘yingan aldegidlar va ammiak asosida olish borasida rus olimi A.E. Chichibabin qimmatli tadqiqotlar olib borgan. Shuning uchun piridin va uning gamologlarini aldegidlar va ammiakdan olish reaksiyasi Bayer – Chichibabain reaksyasi deb ataladi.

3. Atsetilen bilan ammiak aralashmasi 300-400­­­­­­­­­­­­­­­­­­­0C haroratda katalizator ustidan o‘tkazilganda asosan 2- va 4-metilpiridindan tashkil topgan aralashma hosil bo‘ladi.

Bu reaksiya kimyo texnologiya institutining olimlari (D. Yusupov, A.B. Qo‘chqorov va boshqalar) tomonidan batafsil o‘rganilgan va qator samarali katalizatorlar taklif etilgan.


4. Keyingi yillarda piridin va uning gomologlarini atsetilenga nitrillarni bosim ostida, kompleks katalizatorlar ishtirokida ta’sir ettirish orqali olish usuli yaratildi:

Reaksiya 2-25 atmosfera bosim ostida kobalt siklopentadienli katalizator ishtirokida olib boriladi. Bunda asosiy mahsulot unumi ayrim hollarda 80-90% ni tashkil etadi.



Download 36.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling