11.6.Ekskursiya xizmatlarida gid-ekskursiyachi faoliyatini baholash metodikalari
Shunday qilib, ekskursiyalar ob’ektlari sifatida quyidagilardan foydalanishimiz mumkin:
Tabiatdagi ekskursiya obektlari – geologik yotqiziqlar, alohida daraxtlar, butalar, o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, tabiat mintaqalari, vodiylar, daryolar, ko‘llar, o‘rmonlar, tog‘lar, suv havzalari, muzliklar, g‘orlar, daralar, soylar va boshqalar;
Me’morchilik va shaharsozlik ekskursiya ob’ektlari – fuqarolarning uylari, saroylar, qo‘rg‘onlar, arklar, mavzoleylar, masjidlar, madrasalar, manastirlar, cherkovlar, mashhur imoratlar, fontanlar, vokzallar, parklar, haykallar, kinoteatrlar, teatrlar, san’at va hukumat saroylari va h.k.;
Ko‘chalar, maydonlar, posyolkalar;
O‘zbekiston hayotidagi o‘tmishda qurilgan tarixiy-madaniy obidalar;
Mashhur kishilar hayoti bilan bog‘liq joylar va mashhur kishilarning haykallari;
Arxeologik yodgorliklar – qadimiy shaharlar harobalari, qal’alar qadimiy rasmlar, tabiat yodgorliklari va haykallari.
Ekskursiyaning ob’ektlariga qarab uning mavzulari ham turli-tuman yo‘nalishlarga bo‘linib ketadi. Ekskursiyalarni tartibga solish uchun guruhlash usullari ko‘plab ishlatiladi:
Tabiatshunoslik mavzularidagi ekskursiyalar:
Geografik mavzudagi ekskursiyalar;
Geologik mavzulardagi ekskursiyalar;
Gidrologik mavzulardagi ekskursiyalar;
Landshaftlar mavzularidagi ekskursiyalar.
Ekologik mavzudagi ekskursiyalarning bir qismi:
Ekologiya va inson mavzusidagi ekskursiyalar;
Suv havzalari ekologiyasi mavzusidagi ekskursiyalar;
Flora va fauna mavzusidagi ekskursiyalar;
Tog‘ tabiati mavzusidagi ekskursiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |