Mavzu: Gimnastika r e j a
Download 0.86 Mb.
|
Gimnastika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Emaklash.
Emaklash deb ( polda yoki gimnastika skameykasidan ) to`rt oyoqlab yurishga aytiladi. Emaklash mashqlarini bajarishga yirik muskul guruhlari ishga tushadi. Bu mashqlar yurak – tomir sistemasining va nafas olish sistemasiga, shuningdek qomatning to`g`ri shakllanishiga ijobiy ta`sir etadi. Mazkur mashqlar tezkorlikni, epchillikni, chidamlilik, qat`iylik, botirlik kabi harakat sifatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Ular maktabgacha tarbiya muassasalarida keng qo`llaniladi. Maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida emaklash mashqlarini jismoniy tarbiya zalida, moslashtirilgan binolarda, sport maydonchasida, tabiiy sharoitlarda ( maysazorlarda ) o`tkazish mumkin, lekin har qanday sharoitda ham quyidagi sanitariya – gigeniena talablariga rioya qilish kerak; bino ichida sport zalida bo`lsa, emaklash yo`liga iloji boricha materiallardan to`qilgan gilamlar bo`lishi lozim. Mashqlar maydonchasida yoki maxsus joylarda o`tkazilsa, o`quvchilar mashq qilish kostyumini kiyishlari zarur. 1-mashq. Erkin emaklash. 2-mashq. Polda ( maysada ) erkin ravishda to`rt oyoqlab emaklash. 3- mashq. Polda ( maysada ) qarama – qarshi oyoq qo`lda, tizzalarda tayanib, panjalarga tayanib emaklash. 4-mashq. Polda ( maysada )bir tarafdagi oyoq `qo`l ( o`ng qo`l, o`ng oyoq )da tizzalarga tayanib, panjalarga tayanib emaklash. 5-mashq. Yuqoridagi 1-2-3-4 mashqlarni gimnastika skameykasida bajarish. 6 - mashq. Gimnastika skameykasida bo`ylab erkin holda emaklash. 7- mashq. Gimnastika skameykasida ko`prikdagi holatda qo`lda tortilish bilan harakatlanish ( oyoq yordamisiz va yordam bilan). 8-mashq. Gimnastika kozyoli ostida emaklab o`tish. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. 1. Abdullayev.A, Xonkeldiyev.SH “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” T- 2005y 2.Kerimov.F., Umarov.M. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Darslik. Tosh.2005y 3. Kerimov.F Sport kurashi nazariyasi va uslubiyati. Darslik. Tosh.2005y 4. Petrov P. Metodika prepodavaniya gimnastiki v shkole darslik M, 2003 y 5. Sushko G.K.Gimnastika i metodika yeyo prepodavaniya TDPU, 2008 y 6. Shlemin A.M., Brikin A.T. Gimnastika: – Tashkent, o‘qituvchi, 1987 y (na uzb.yaz.). 7. Malinina N.N. Gimnastika i metodika prepodavaniya. Tashkent, 2001 y 8. Yefimenko A.I., Yuldashev Q.Q., Umarov M.N. Gimnastika darsining samaraligini oshirish usullari. Tashkent, 1995 y 9. www.sport-athlet.com 10. www.gimnastik.ru/athletics Qarshi Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi Uzoqov Ma’murjon G‘ofurovichning «Badiiy gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil qilish asoslari » mavzusida tayyorlagan referatiga Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling