Mavzu: Gipifiz tuzulishi va garmonlari. Matmurodova Nargizaxon
Download 0.56 Mb.
|
anatomiya gipofia MATMURODOVA NARGIZAXON
- Bu sahifa navigatsiya:
- QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI
«Bolalik» yoshida to’qimalarning o’sishga nisbatan qobiliyati saqlangan vaqtda, gipofizar gigiantizm rivojla-nadi. Jismoniy rivojlanishning og’ir buzilishlari kuzatiladi. Bcmor bo’yi yoshiga mos kelmaydi: 8—9 yoshda u 200 santimetrni, 20 yoshdan sung 250—270 santimetrni tashkil etadi. Shuning bilan bir qatorda mushaklar zaifligi, elka kichikligi, ko’krak ichkariga tortganligi xarakterli bo’ladi. Jinsiy belgilar yetarli rivojlanmagan, farzand ko’rish funk-siyasi pasaygan bo’ladi. Odatda qandli diabet belgilari rivojlanadi. Yuqumli kasalliklarga nisbatan bardoshlilik kamayadi.
QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARIQalqonsimon bez funksiyasini uning follikulasi belgilaydi. Follikula hujayrasi ikki xil tireoid gormon-tiroksin va triyodtironin hosil qiladi. Qalqonsimon bez gormonlari follikula bo’shlig’iga chiqib u erda oqsil bilan birikkan holda tireoglobulin shaklda saqlanadi. Adenogipo-fizning TTG gormoni qalqonsimon bez gormonini follikula kolloiddidan qonga ajratadi. Yodsiz tireoid gormoni sintez bo’lmaydi va qalqonsi-mon bez qonda yodni so’rib oladi. Qalqonsimon bezda yana bir gormon, paratgarmon antagonisti bo’lgan kalsitonin ishlab chiqarib, u qondagi kalsiy miqdorini kamaytiradi. Qalqonsimon bez gormoni amalda organizmdagi hamma jarayonlarda qatnashadi. U jismoniy, ruhiy va jinsiy rivojlanishni belgilaydi, to’qimalar o’sishini takomillashishini suyaklanishni rag’batlantiradi. Tireoid gormonining barcha xususiyatlari ichida uning to’qima-larda oksidlanishni, issiqlik ajratishni ko’paytirishni, oqsil, yog’, uglevod parchalanishini kuchaytirishni rag’batlanti-ruvchi ta'sirini ko’rsatib o’tish kerak. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling