Ayniqsa bu birikmalarni homiladorlik davridagi yetishmovchiligi xavflidir.
Gipofiz — asab va endokrin sistemalarini bog’lovchi inkretor organdir. U gormonlar ishlaydi, o’zida ularni zaxira holda saqlaydi va ajratadi. Adenogipofizda jinsiy balog’atga yetishni, homilador-likni normal kechishi belgilovchi bir guruh trop gormonlar, organlarning proporsional o’sishini ta'minlovchi follikulani rag’batlantiruvchi gormon (FSG) lyutinlovchi (sui ajralishini rag’batlantiruvchi), (LG), (AKTG), (adrenokor-tikotrop) tireotrop gormon-TTG va bir qator boshqa gormonlar ishlab chiqariladi. Neyrogipofizdan qonga ikki gormon-ADG yoki vazopressin va oksitosin ajraladi. ADG buyrak kanalchalarida suv reabsorbisiyasini kuchaytiradi, uning ortiqcha miqdori esa buyrak kalavachalari qon tomirlarini toraytiradi va ularda arterial bosimni orttiradi. Oksitosin ayollar jinsiy sistemasi faoliyatida fiziologik jarayonlarni boshqaradi, homiladorlikdagi bachadonni qisqarish funksiyasini kuchaytiradi. - Bu kasalliklar biror gormon ishlanishining yoki bir guruh, hatto barcha trop gormonlar hosil bo’lishining ortib ketishi bilan ta'riflanadi. Odatda bunday giperfunksiya ocsmalar o’sishi bilan, ko’pincha adenogipofiz adenomasi bilan bog’liq bo’ladi. Agar bu vaqtda jinsiy gormonlar ko’p hosil bo’lsa, muddatidan oldin, ko’pincha 8—10 yoshlarda balog’atga yetish kuzatilib, u odatda jismoniy va ruhiy yetilmaslik bilan birgalikda ketadi. Isenko-Kushing kasalligida ko’plab miqdorda AKTG ishlab chiqarilib, u buyrak usti bezlari po’stloq qismi gipefunksiyasiga olib keladi. TTG ni ortiq darajada ishlab chiqarilishi qalqonsimon bezning gipofizar xilidagi giperfunksiyasiga (gipertireozga) olib keladi. Gipofizning asidofil adenomasida o’sish gormonining paydo bo’lishi kuchayadi. Uni ko’plab miqdorda qonga o’tishining ta'siri yoshga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |