Mavzu: giroskopik yo’naltirish reja
Download 1.33 Mb.
|
1-Mustaqil ish.Geodeziya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
mavzu: giroskopik yo’naltirishreja:
Giroskop deb impuls momenti prinsiplariga asosan moʻljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi. Mexanik jihatdan, giroskop oʻqi erkin harakatlanuvchi aylanuvchi gʻildirak yoki diskdan iborat. Ushbu moʻljal oʻzgarmas boʻlmasa-da, u katta aylanish tezligi va inersiya momenti tufayli tashqi kuch momenti taʼsiridan deyarli oʻzgarmaydi. Tashqi kuch momentini yanada kamaytirish uchun giroskop muvozanat xalqasiga oʻrnatiladi, natijada unga oʻzi joylashgan platforma harakati taʼsir qilmaydi.
Giroskopik qurilmalar, giroskopik asboblar —giroskoplar oʻrnatilgan elektr-mexanik qurilmalar; shu qurilmalar oʻrnatilgan obʼyektning vaziyatini ifodalaydigan parametrlarni aniqlaydi, obʼyektni barqarorlashtiradi. Texnikada ishlatiladigan Giroskopik qurilmalar giroskopning turi, sezgir giroskopik elementlar yasashning fizikaviy prinsiplari, kardanli osma turi, vazifasi bilan tavsiflanadi.
Giroskopik qurilmalar obʼyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (turli astatik va pozitsion giroskoplar); obʼyektning burchak tezliklari va tezlanishlarini aniqlaydigan (differensiyalovchi giroskoplar); kattaliklar boʻyicha integrallarni aniqlaydigan (integrallovchi giroskoplar); obʼyektni yoki alohida asbob va qurilmalarni barqarorlaydigan, shuningdek, obʼyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (girostabilizatorlar); navigatsiya masalalarini hal qiladigan (girokompaslar, kompaslar) va b. xillarga boʻlinadi.
Giroskopik qurilmalar dengiz flotida, aviatsiyada, raketa va kosmik texnikada, harakatlanuvchi obʼyekt larning navigatsiya va boshqarish masalalarini hal qilish uchun xalq xoʻjaligida, baʼzi maxsus ishlarni (geodezik, topografik va b.) oʻtkazishda ishlatiladi.
Giroskop – o‘z o‘qi atrofida simmetrik aylanuvchi qurilma. Giroskop yordamida yer osti laximlarida astronomik azimut aniqlaniladi. Girokompas (yoki giroteodolit) – burchak o‘lchovchi asbob bo‘lib unga giroskop va teodolit birlashtirilgan. Giroskop yordamida yo‘nalishni aniqlanadi, bu asosan stvol chuqurligiga bog‘liq bo‘lgan xolda olib boriladi. Yer ostining xohlagan laximida direksion burchak aniqlash mumkin. Bunda hech qanday shovunsiz ish olib borish mumkin. Giroskopga xech kanday tashqi kuchlar ta’sir qilmaydi. Giroskopik usulda direksion burchakni aniqlash sxemasi a) yer yuzasida b) shaxtada Foydalanilgan adabiyotlar
Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling