2. Milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi; 3. Ayrim mamlakatlarda iqtisodiyotni nazorat qilishni mustaqil hukumat qo‘lidan boshqalarga, masalan kuchliroq davlatlar, trans milliy kompaniyalar yoki xalqaro tashkilotlar qo‘liga o‘tish ehtimoli; 4. Moliyaviy sohaning barqarorlashuvi ehtimoli, milliy iqtisodiyotlarning jahon miqyosida o‘zaro bog‘liqligi natijasida hududiy yoki global beqarorlik ehtimoli bir mamlakatdagi iqtisodiy tebranishlar va inqirozlar hududiy hamda global oqibatlarga olib kelishi mumkin. Globallashuvning salbiy oqibatlari iqtisodiyoti past rivojlangan mamlakatlarga ko‘proq ta’sir qilishi mumkin. Globallashuv bu mamlakatlarning yuqorida qayd etilgan muammolaridan tashqari quyidagi muammolarni ham keltirib chiqaradi: 1. Rivojlangan mamlakatlardan texnologiya sohasida orqada qolishning yanada chuqurlashishi; 2. Aholi asosiy qismining kambag‘allashuvi, aholi o‘rtasida turli kasalliklarning tarqalishi; 3. Ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalashuvning o‘sishi; 4.Kam rivojlangan mamlakatlar jahon xo ‘jaligi barqarorligiga bog‘liqligining yanada kuchayishi; 5. Milliylikka yo‘naltirilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda trans milliy kompaniyalar tomonidan davlatning imkoniyatlarini “cheklab” qo‘yilishi; 6. Tashqi qarz, eng avvalo, xalqaro moliya tashkilotlari oldidagi qarzning ortishi, bu esa istiqboldagi taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi. Yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, globallashuv jarayonida ishtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko‘proq foyda oladi. Zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko‘p daromadli bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir etishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida beqarorlik kuchayadi va hokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |