5. Globallashuvning yana bir afzalligi xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy-texnikaviy, texnologik va malakali darajadagi qisqa muddatda va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni 5. Globallashuvning yana bir afzalligi xorijiy davlatlarning ilg‘or ilmiy-texnikaviy, texnologik va malakali darajadagi qisqa muddatda va nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish natijasida iqtisodiy qulaylikka erishishidir; 6. Globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo‘shiladi. Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida eng avvalo iste’molchilarga qulay, bunda raqobat ularga narxlarni pasaytirish va tanlash imkoniyatini beradi; 7. Globallashuv ilg‘or texnologiyalarning tarqalishi va global miqyosdagi ishlab chiqarishning ratsionallashuvi natijasida mehnat unumdorligi oshishiga olib kelishi, shuningdek, jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etishi mumkin; 8. Globallashuv davlatlarga moliyaviy resurslarning asosiy qismi aylanishini ta’minlashga keng imkoniyat beradi; 9. Globallashuv jahon hamjamiyati birlashishining turli sohalardagi harakatlarni faollashtirishni talab qiluvchi insoniyat uchun umumiy bo‘lgan muammolar, eng avvalo, ekologik muammolarni hal qilish uchun jiddiy asos yaratadi. Umuman olganda, ko‘pchilik mutaxassislar, globallashuvning natijasi jahondagi mamlakatlarda farovonlik oshishiga olib keladi, deb umid qiladilar. GLOBALLASHUVNING SALBIY TOMONLARI Globallashuv sharoitida markazlashtiruvchi kuchlarning markazlashishi bilan bog‘liq bo‘lgan buzg‘unchilik ta’siri yuzaga chiqishi mumkinki, bu mamlakat ichidagi an’anaviy aloqalarning uzilishi, ijtimoiy muammolarning kuchayishi, mazkur jamiyat uchun begona bo‘lgan salbiy oqibatlar tufayli barcha mamlakatlarda yuzaga keladigan muamolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Globallashuvdan keladigan afzalliklarning milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlari o‘rtasida bir xil taqsimlanmasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |