“Global” so‘zi muomalaga ancha avval kiritilgandi. XIX-asr oxirlariga kelib ingliz tilida so‘zlashuvchilar “global” so‘zi orqali “butun dunyo” ma’nosini ifoda etadilar va bu so‘z, asosan, jug‘rofiy ma’noda ishlatiladi. “Globalizm” so‘zi 1940 yillarda muommalaga kirib keldi. 1960 yillardayoq lug‘atlarga kiritildi. 1960 yillarda asosiy ko‘rinishlari namoyon bo‘la boshladi. 1980 oxirlaridan boshlab to‘liq ma’noda qo‘llanila boshlandi. Endilikda globalizatsiya xalqaro munosabatlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biriga aylandi. Globalizatsiyani tarixiy jarayon sifatida qachon boshlanganligini aniq aytish qiyin. Ayrim olimlar uni insoniyat tarixining eng ilk davrlaridayoq boshlangan deb aytsalar, boshqalari mazkur jarayon yigirmanchi asrning 90-yillarida yuzaga keldi, deb uqtiradilar. Agar biz globalizatsiyani xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni jadallashtirishga xizmat qiluvchi vositalarning yuzaga kelishi jarayoni deb qaraydigan bo‘lsak, u holda bu fenomen 1980 yilda, ya’ni Amerika qit’asini Yevropa bilan bog‘lovchi birinchi transatlantik telegraf kabelini ishga tushirilishi bilan boshlandi, deb aytish mumkin. GLOBALLASHUVNING NAMOYON BO‘LISH SHAKLLARI Globallashuvning serqirraligi madaniyat, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yasash bilan bir qatorda axloq, xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlarga munosabat va mo‘ljallarda ham muhim o’zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda o‘zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko‘paydi. GLOBALLASHUV JARAYONINING IJOBIY TOMONLARI QUYIDAGICHA: - - Globallashuv natijasida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv chuqurlashib boradi. Ma’lum bir davlat ma’lum bir sohaga ixtisoslashib boradi. Bunda mablag‘ va resurslar samarali sarflanadi;
- Globallashuv jarayonining asosiy ustunliklaridan biri, xarajatlarning qisqarishi, narxlarning pasayishi va barqaror iqtisodiy o‘sishga olib keluvchi ishlab chiqarish miqyosidagi tejam hisoblanadi;
- Globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
- Globallashuvda raqobatning kuchayishi yangi texnologiyalar yaratilishi va mamlakatlar o‘rtasida keng tarqalishini ta’minlaydi. Ushbu sharoitda xorijiy to‘g‘ri investitsiyalar sur’atining oshishi jahon savdosining o‘sishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |