Elektron pochta (E-mail). Internet taqdim
etadigan mashhur, ommabop xizmat turi
sanaladi. Uning xususiyati shundaki, elektron
pochta ma’lumotlarni kompyuter orqali jo’natadi
va qabul qiladi. Pochta bilan ishlash
uchun
(o’qish, saqlash, yangi elektron pochta
jo’natmasi) siz mijoz dasturini kiritasiz. Sizning
kompyuteringiz server-pochta rolini bajaradi.
Elektron pochta - kompyuterlar orasida xabar
uzatishni lokal va global asosda tashkil qiladi.
Elektron pochtadan faqat xabarlarni emas,
fayllarni uzatish uchun ham foydalaniladi. Uning
yordamida tezkor usulda bitta yoki bir
necha
adreslar bilan axborot almashish mumkin.
Mustaqil IDC
konsalting xizmatining
hisoblashicha elektron pochta qutilari soni 1997
yil boshida 250 millionni tashkil etgan.