Mavzu: Glomerulonefrit kasalligi sabablari,belgilari,davolash usullari


GLOMERULONEFRITNING TARQALGANLIGI


Download 1.01 Mb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#241983
1   2   3   4   5
Bog'liq
Glomerulonefrit

GLOMERULONEFRITNING TARQALGANLIGI

Bolalarda glomerulonefrit orttirilgan buyrak kasalliklari orasida siydik yo’llari infektsiyasidan so’ng ikkinchi o’rinni egallaydi. Urologiya statistik ma’lumotlariga ko’ra, glomerulonefrit surunkali buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi sababli bemorlarning erta nogiron bo’lib qolishining eng ko’p uchraydigan sababi hisoblanadi.

O’tkir glomerulonefrit har qanday yoshda rivojlanishi mumkin, ammo odatda, kasallik 40 yoshgacha bo’lgan bemorlarda yuzaga keladi.

O’tkir glomerulonefritning ikkita asosiy kechish varianti ajratiladi: Tipik (siklik). Tez boshlanishi va klinik alomatlarning yoqrin namoyon bo’lishi xarakterlidir; Yashirin (asiklik). Glomerulonefritning xira shakli bo’lib, asta-sekin boshlanishi va alomatlarning zaif ifodalanishi bilan tavsiflanadi. Kech tashxislanishi va surunkali glomerulonefritga o’tish moyilligi tufayli sezilarli xavf tug’diradi. O’tkir glomerulonefritning yaxshi kechishi, o’z vaqtida tashxislanishi va davolay boshlanishida asosiy alomatlar (shish, arterial gipertoniya) 2-3 hafta ichida o’tib ketadi. To’liq sog’ayib ketish 2-2,5 oydan keyin qayd etiladi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling