Mаvzu: Gramatik tarjimalar metodi nemis tili darsiga ko'ra
Grammatik tarjima metodikasidagi o`zlashma so`zlar
Download 396.26 Kb.
|
Gramatik tarjimalar metodi nemis tili darsiga ko\'ra
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ o’zlikni anglash”, “ til sofligini saqlash ”
- A. Shmidtning
2.2.Grammatik tarjima metodikasidagi o`zlashma so`zlar O’zlashtirma so’zlar ( ENTLEHNUNGEN).
Dunyoda boshqa xalqlar bilan aloqada bo’lmaydigan, alohida ajralib yashaydigan xajqlar yo’q. Xattoki, Janubiy Amerika changalzorlarining odam oyog’I yetmagan joylarida yashovchi qabilalar ham qandaydir yo’l bilan tashqi dunyo bilan aloqada bo’lishlari isbotlangan. Ularning tillarida ham o’zga tillardan o’zlashgan so’zlar kuzatilgan.Albatta, qadimda xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, bosqinchilik urushlari, savdo- sotiq, diniy muloqotlari tufayli o’zaro aloqalar yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa urushlar tufayli g’olib xalq tilining mag’lub xalq tiliga, yoki aksincha, mag’lub xalq tilining g’olib xalq tliga o’ta faol ta’siri natijasida tillarga yangi so’zlar o’zlashishi jarayoni kuzatilgan. Xozirgi zamon o’zbek tili lug’at tarkibini 1980- yili chop etilgan ikki jildli “ O’zbek tilining izohli lug’ati ” asosida tahlil qilganimizda arab, fors, rus tilidan o’zlashgan so’zlar ko’pchilikni tashkil qilishi aniqlandi. Misol uchun, arab tilidan o’zlashgan muallim, muhandis, muharrir, mudarris, mo’tabar, muqaddas, muhokama, munozara: fors- tojik tilidan o’zlashgan sartaroshxona, sartarosh, darbadar, dasturxon, xona, dutor, xo’randa, pazanda, sardor, mardikor, ro’zg’or, yakshanba, dushanba, navbahor, badavlat, ziyokor kabi so’zlarni keltirishimiz mumkin. Ushbu holatdan kelib chiqib, mustaqillik yillari mobaynida “ o’zlikni anglash”, “ til sofligini saqlash ” uchun amalgam oshirilgan ishlar ustida ham jiddiy bosh qotirib ko’rish kerak.Chunki vazir ( minster ), hokim, jarroh ( xirurg ), talaba ( student ), dastur ( programma ) kabi leksemalar tarixiy- etimologik jihatdan sof o’zbekcha emas, arabcha yoki forscha- tojikcha qatlamga mansub leksik birliklardir. Nemis tili ham bu borada istesno emas. Chunki xozirgi Germaniya hududida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar lotinlar, fransuzlar, slavyanlar va boshqa xalqlar bilan doimo o’zaro aloqada bo’lganlar.Alohida ta’kidlash lozimki,nemistili lug’attarkibi rivoji tarixan 3 manbaga asoslanadi: Qadim Hind- Yevropa leksik qatlamlaridan tashkil topgan so’zlar; Umumgerman tillari leksik qatlamlaridan tashkil topganso’zlar; Boshqa chet tillaridan o’zlashgan so’zlarqatlamlari. Nemis olimi A. Shmidtning yozishicha, hozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibining to’rtdan bir qismi ( ein Vieryel der Grundwörter des heutigen Wortbestandes ) Hind- Yevropa leksik qatlamidan tashkil topgan. Bu asosan inson va uning tana a’zolari nomlari, atrof- muhit, uy hayvonlari, daraxtlar, qarindosh- urug’chilikni ifodalovchi so’zlar qatlamidir. Masalan: Tag, Nacht, Wind, Ernte, Sommer, Gans, Kuh; Blume, Erbse; Neffe, Vater; bauen, beissen; arm,tot. Barcha asos so’zlarning o’ttiz foizini umumgerman leksik qatlami tashkil qiladi. Bular asosan dehqonchilik, chorvachilik, dengizchilik, baliqchilik, uy-ro’zg’or buyumlari, qurol aslaha nomlaridir. Masalan: Brot, Fleish; Weiden, Herbst, Krippe, Lamm, Esse, Hof; Waffe,Schwert. An’anaga ko’ra o’zlashtirma so’zlar ikki guruhga bo’linadi. Bular nemis tiliga to’la “ o’zlashib ” ketgan so’zlar ( Lehnwörter ) hamda “ chet til ” so’zlaridir ( Fremdwörter). To’la “ o’zlashib ” ketgan so’zlar asosan qadimgi, o’rta hamda yangi davr nemis adabiy tili ( althochdeutsche,mittelhochdeutsche und frühneuhochdeutsche Sprachperioden ) davrlarida kirib kelgan hamda to’la “ nemischalashib ” ketgan so’zlar bo’lib, bularni hozir hech kim chet tilidan kirib kelgan so’zlar sifatida idrok etmaydi. Masalan: Fenster, Mauer, Mönch, tanzen, schreiben, feinu.a. „ Chet so’zlar “ ( Fremdwörter ) nemis tilida keng qo’llaniladigan so’zlar bo’lib, ularning o’zlashgan so’z ekanligi yaqqol ko’rinib tursada, xorijiy so’z sifatida ko’rilmaydi hamda nemischa ekvivalenti bilan almashtirilib ishlatilmaydi. Masalan: Politik, Sport, interessant, Interview, Courage, Exchange, demonstrieren vab. Nemis tiligaasosanquyidagi yo’llar bilan so’zlaro’zlashtiriladi: chet tilidagi so’zni ham shakli, ham ma’nosi bilan birga to’la o’zlashtirish, ya’ni eng oddiy usul ( einfache Entlehnung ). Masalan: Kolchos, Sputnik, Perestojka, hi!O’key! So’zlarni kalkalash orqali tarjima qilib o’zlashtirish ( Lehnübersetzung ). Masalan: ing. Football- Fuball, useless - nuzlos, frans. De couvrir- entdecken: rus. Герой труда – Held der Arbeit. Bunday usulda so’zlar o’zlashishi o’zbek tilida ham kuzatiladi. Masalan: Futbol, Voleybol va h.k. Ushbu usul asosan diniy asarlarni lotin tilidan nemis tiliga tarjima qilish keng qo’llangan. Shunday holni arab tilidan diniy matnlarni o’zbek tiliga o’girish jarayonida ham kuzatishimiz mumkin. O’zlashtirilgan internatsionol so’zlar ( Internationalismen). Bular turli tillarda bir hil shakl va ma’noda ishlatiladigan so’zlar bo’lib, ular asosan turli soha terminlaridan iboratdir.Masalan: Nemis. Der Student Ingliz. Student. Fansuz. Le tudiant Rus.Student O’zbekcha.Student. International so’zlar qatoriga xalqlarning o’ziga xos madaniyati, xususiyatlarini ifodalaydigan hamda ko’p tillarga o’zlashtirilgan tillar ham kiradi. Masalan: Turban, Rikscha, Kuli, Samowar, Pilav, Kurash, Halol. Internatsional so’zlarning aksariyati lotin hamda grek tillari asosida yaratilgan. Masalan: lot. Minimum, Provisor, Produkt, Republik, Medizin: grek. Demokratie, Epik, Mime, Telephon, Turbine va hk. Xulosa Yurtimizda ta'lim sohasida ko'plab ta'lim qonunlari, metodlari , tamoyillari bo'lishiga qaramasdan, bu qonun va metodlar o'z o'zini oqlamayapti. Ta'lim stasndarslari va o'quv rejalari qog'ozda puxta tuzulgan lekin natijalar kutilganidek emas. Natijalar qoniqarli bo'lmagach, umumiy o'rta ta'lim shaklini yanada yaxshilash maqsadida to'qqiz yillik umumiy ta'lim va unga qo'shimcha 3 yillik kollej va akademik letsiy ta'lim dasturidan o'n bir yillik umumiy o'rta ta'lim dasturiga o'tildi, ya'ni maktab to'qqiz yillik ta'limdan o'n bir yillik ta'limga uzaytirildi. Ular maktabni tug'atgach shahodatnomalar beriladi, bu hujjat o'quvchining keyingi oliy ta'lim muassasalariga imtihon topshirish uchun ruxsatnoma vazifasini bajaradi xolos. Albatta o'quvchi oliy ta'lim muassasiga test sinovlari orqali qabul qilinadi bunda eng asosiy e'tibor o'quvchining olgan bilim savyasi orqali baholanadi.. Lekin maktab berayotgan bilim o'quvchining oliy ta'limga qabul qilinishi uchun yitarlicha emas. Natijada buni anglagan o'quvchi qo'shimcha repetetorlarga bormoqda va albatta pul to'lab o'qishga qurbi yitganlari xolos. Maktabdan kerakli bilimni ololmagan bola maktabga nisbatan qiziqishi yo'qoladi va ustozlardan va darsdan uzoqlashib, asosiy e'tiborini repetetordagi o'zi qiziqqan sohaga oid fanlarga qarata boradi. Bu ta'lim metodlarida va standaralarida ancha kamchiliklar borligini anglatadi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ta'lim standardlariga va metodlariga bir qancha o'zgartirishlar kiritish kerak deb o'ylayman. Yani beshinchi sinfda to'qqizinchi sinfgacha o'quvchi matematika, fizika,kimyo, bialogiya, ona tili va adabiyot,tarix kabi asosiy fanlarni bosqichma bosqich o'rgansin, to'qqizinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha, uch yil mobaynida bolalarga iqtidori va tanlovlarini inobatga olgan holda eng kuchli mutaxasislar tomonidan chuqurlashtirilgan ta'lim berilishi to'g'risida yangi metodni ta'limga kiritilmoqda. Zamonaviy va mahsuldor ta'lim metodlari ta'lim samaradorligining kafolatidir.Bunda ta'lim uchun o'qituvchining bilim mahorati va salohiyati o'quvchining sifatiga katta ta'sir ko'rsatadi.Albatta bu metodlar o'quchlilarning boshlang'ich ta'limdan to oliy ta'limgacha o'quvchilarning kelajagi va manfaati uchun ishlashi va kerakli natijani berishi zarur. Download 396.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling