Mavzu: Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish. Reja


Download 466.36 Kb.
bet6/7
Sana07.03.2023
Hajmi466.36 Kb.
#1244756
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Grammatik nutqni shakllantirish uchun gramatik mashqlar va didaktik o`yinlar o`tkazish

III. Xulosa
Xulosa qilib aytganda o’rganilayotgan tilning grammatik tuzilishini shakllantirish metodlari va usullari: ayrim so’zlar va iboralar misolida grammatik shakllarni ko’rgazmali namoyish qilish; o’yin vaziyatlari, nutqiy mashqlar, ijodiy tusdagi rolli o’yinlar, hajmi unchalik katta bo’lmagan matnlarni tinglash va boshq.
Bolalarga o’zga tilni o’rgatishda grammatik qoidalar alohida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o’zlashtirib olish ko’nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o’rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o’yin-mashqlarda shakllantiriladi.
O’yindagi harakatlar ko’plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo’lmog’i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.
Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to’g’ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog’lovchilarni qo’llaydi; u o’z nutqida qo’shma gaplardan, ko’pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo’shma gaplardan foydalanadi: qo’shimcha gaplar -«Kamol nima ko’rganligimizni so’radi»; maqsadli gaplar - «Biz oziq-ovqat harid qilish uchun do’konga ketayapmiz»; shartli gaplar - «Agar yomg’ir yog’masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq.
O’z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhida grammatik rasmiylashtirilgan nutqni rivojlantirish borasidagi ishlar asosiy o’rinni egallashi lozim. Xuddi oldingi yillardagi kabi, u maxsus mashg’ulotlarda va boshqa faoliyat turlari bilan bog’liqlikda amalga oshiriladi.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko’nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo’lishi mumkin. Masalan, bolalar o’yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni taxlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo’lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg’ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir- birining o’rnini bosishi mumkin bo’lgan gaplar tuzishni o’rgatadi.
Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o’yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Aynan bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to’g’ri nutq ko’nikmalarini shakllantirishda asosiy o’rinni egallashi lozim.



Download 466.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling