Mavzu: Grammatik qurilishni shaklantirish metodikasi. Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik to`g`riligini shakllantirish


Download 436.83 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi436.83 Kb.
#253673
Bog'liq
nutqdan amaliyga

Mavzu:Grammatik qurilishni shaklantirish metodikasi .Maktabgacha yoshdagi bola nutqining grammatik to`g`riligini shakllantirish

Bajardi : Karimova Saodat

Tekshirdi :Maxmutazimova Y.R

Grammstiks ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iboratdir . Morfologiya so`zlarning tuzilishi va o`zgarishini tekshiradi . Gap , uning grammatik xusisiyatlari , so`zlarning o`zaro bog`lanish yollari esa sintaksisda o`rganiladi . Sintaksisning asosiy o`rganish ob`ekti so`z birikmasi va gapdir .

  • Ilk yosh davrida va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar so`z tuzilishining bir qismini o`zlashtirib olganlaridan so`ng kattalarning gapiga taqliq qilib gapira boshlaydilar va shu yo`l bilan tilning grammatik tuzilishini o`zlashtira boradilar .

Grammatika deganda , biz nutqiy faoliyat natijalarini tabvsiflash va tartibga solish uchun lingvbistlar tomonidan o`ylab topilgan qoidalar majmui emas , balki fikr bildirishni vujudga keltirish va boshqalarning bildirgan fikrlarini tushuish uchunzarur bo`gaan bilimlar umumiyligini tushunamiz .So`nggipaytda grammatika aynan shu ma`noda psixologlarning diqqat-e`tiborini jalb qilmoqda . Grammatikani tadqiq qilish nafaqat shunchaki qiziqarli , nafaqat lingvistik maqsadlar uchun zarur , balki u umuman fikrlash va bilish jarayonlarini keng tadqiq qilish uchun ham zarur qismdir.













Grammatikaning eng muhim jihati – so`z o`zgartirish va so`z hosil qilish operatsiyalarini o`zlashtirishni ko`rib chiqamiz .So`zni bildirgan fikr tarkibiga kiritish uchun u bilan muayyan harakatlarni amalga oshirish zarur , masalan , otni tavsiflanayotgan narsalar soniga muvofiq holda muayyan son shakliga qo`yish , fe`l sonini otlar soni bilan moslashtirish , harakat yo`naltirilgan otni zarur kelishikka qo`yish yoki tegishli old ko`makchidan foydalanish lozim

Bola so`z yasash toifalarining tashqi , tovushli ifodalarini o`zlashtirib olishi lozim .Bunda bola eng avvalo so`z yasovchi elementning tashqi –moddiy tomoniga yo`naladi va uni mustaqil mazmun sifatida qabul qiladi , morfemalarning jaranglashini obrazli asoslaydi .Boshqacha qilib aytganda , bola dastlab morfema jarangining o`zida real munosabatlar bilan bog`liqlikni topishga harakatqiladi .Agar bola eng avvalo morfema so`zga olib kiradigan tovush o`zgarishini aniqlasa va uni qiyoslay olsa (tovush o`zgarishlari haqiqatda yuz bergan o`zgarishlar bilan ), u bu munosabatlarni topishi mumkin .Ayni paytda bola so`zga “ butunlay ” yo`naladi , ya`ni umumiy tovush xususiyatlariga e`tabor qaratadi.Predmetli olamdagi o`zgarishlar predmetning qandaydir ahamiyatli xususiyatlariga ( bola nuqtai-nazaridan ) taaluqli bo`lmaydi, aks holda predmet belgilash uchun boshqa so`zni , yangi nomini talab qiladi .

Nutqni rivojlantirishning uchunchi bosqichida – uning materiyasi ( leksika va grammatika ) bolaning muloqot vazifasini o`zgartirgan holda kattalar bilan muloqotga bo`lgan ehtiyojiga va uning tarkibiga uzviy bog`liq bo`ladi . Bu bolaning nutqning yangi , yanada murakkab va keng qamrovli jihatlarini o`zlashtirishiga olib keladi .

Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o`rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi . Nutq rivojini harakatlantiruvchi kuchlar haqidagi masala ular shiddat bilan va to`satdan amalga oshirishi tufayli ham alohida ahamiyat kasb etadi . Bolalar nutqini rivojlantirishni rahbatlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko`zlagan holda pedagogik sa`y –harakatlarni uyushtirish kalitidir .



Nutqni gramatik qurilishi.Bildirilgan fikrlarni Grammatik rasmiylashtirishni , ya`ni so`zlarni o`zgartirish ( soni , kelishigi va vaqtiga qarab , ularni gapga keltirish , kichraytiruvchi-erkalovchi nomlarni , tugallangan va tugallanmagan fe`llarni vujudga keltirishni o`zlashtirishga ko`maklashish )
Download 436.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling