Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma’lumot


Download 10.53 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi10.53 Kb.
#1458986
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Grammatika haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

Grammatik ma’no quydagi vositalar yordamida ifodalanadi. 1.Qo’shimchalar yordamida: uyga, ukam, kelsa,boraman. 2.Yordamchi so’zlar vositasida: qalam bilan yozdi, sen uchun oldim. 3.So’z tartibi orqali: keng ko’cha (birikma)- Ko’ch keng (gap) 4.Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap). Dars tugadi? (so’roq gap), Dars tugadi! (undov gap). 5.So’zlarni juftlash va takrorlash orqali: qozon-tovoq (jamlash ma’nosi). 6.Urg’u yordamida. Gulla*r (ot)- gu*llar (fe’l).

So’zning nutqdagi ma’lum grammatik ma’no ifodalovchi shakli uning grammatik formasi hisoblanadi. Masalan, o’qimoqdamiz so’zining leksik ma’no ( ish- harakat) dan tashqari, grammatik zamon va shaxs-son ma’nolarini ham ifoda qiladi.Bular leksik ma’noga qo’shiluvchi grammatik ma’no bo’lib, -moqda, -imiz affikslari orqali shakllanadi.

So’zning grammatik formasi


Sintetik forma
Analitik forma
Juft va takroriy forma

Sintetik forma affiksli so’zlardir: kitobni, yozmoqdasan, keltir va boshqalar. Analitik forma yordamchi so’lar ishtirokida xosil bo’ladi: Zulfiya singari, talaba uchun. Juft va takroriy formalar- ham ma’lum grammatik ma’no ifoda qiladi. Masalan, juft formalar (erta-kech, qishin-yozin), takroriy formalar ko’plik qop-qop (bug’doy), katta-katta (shaharlar) ni ifodalaydi.

Grammatik kategoriya

Grammatik kategoriya

O’zаrо bir-birigа zid qo’yilgаn vа qiyosаn оlingаn grаmmаtik mа’nоlаr sistemаsi vа ulаrgа хоs ifоdа vоsitаlаri-grаmmаtik shakllаr sistemаsi grаmmаtik kаtegоriya deyilаdi. Mаsаlаn, оtlаrgа хоs kelishik, egаlik kаtegоriyasi, sоn kаtegоriyasi, fe’llаrdа shахs – sоn, nisbаt, zamon, mayl kabi kаtegоriyalarning hаr qаysisi o’zigа хоs grаmmаtik mа’nоlаr mаjmuаsigа vа shu mа’nоlаrning ifоdа shakllаri sistemаsigа egа.

Grammatik ma’noni ifodalash usullari.


  • Affiksal vosita;

  • Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’z;

  • So’z tartibi;

  • Takror;

  • Ohang;

  • Sintaktik qolip;

Download 10.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling