Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma’lumot


Download 10.53 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2023
Hajmi10.53 Kb.
#1458986
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Grammatika haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org

Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’no ifodalashning eng keng tarqalgan turi, u orqali deyarli aksariyat grammatik ma’no ifodaladi.Ifodalaydigan grammatik ma’noning xarakteriga va o’z mohiyatiga ko’ra affikslar ikiga bo’linadi: a)so’z yasovchi affiks. Masalan: -chi, -la. b)shakl yasovchi affiks.Masalan, -ni, cha.

Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’z ham grammatik ma’no ifadolovchi vosita sirasiga muhim o’rin tutadi. Yordamchi so’z mustaqil so’z va gapda grammatik ma’no ifodalashning alohida turini tashkil etadi. Ko’makchi mustaqil so’z bilan birga kelib, oldin turgan so’zni keyingi so’z bilan grammatik aloqaga kiritadi.(Biz kelajakka ishonch bilan qaraymiz). Bog’lovchilar teng munosabatli birliklarni bog’lab, ular orasida har xil tenglashtirish,zidlash, ayirish kabi morfologik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi: olma-anor, o’qidi, lekin yozmadi.

So’z tartibi grammatik ma’no ifodalashning maxsus vositasi, tartib o’zgarishi so’z grammatik ma’nosining o’zgarishiga olib keladi. Masalan, Dalalar yam-yashil birikuvi gap bo’lsa, yam-yashil dalalar birikuvi so’z birikmasi. “Gap” va “so’z birikmasi” grammatik ma’noning sintaktik turi. Grammatik ma’no ifodalashda so’z tartibiga ohang hamrohlik qiladi.Ya’ni yuqoridagi gap va so’z birikmasida tartib o’zgarishi bilan ularning ohangi ham o’zgarib ketgan ( so’z birikmasida tugallanmagan, gapda esa tugallangan ohang mavjud.

Ohang –grammatik ma’no ifodalashning fonetik vositasi.Bu vosita yordamida gapning turi, gap bo’laklariga ajratish, farqlash mumkin. Gulnora,singlim keldi. Gulnora,(bilan) singlim keldi. Gulnora singlim keldi gaplarining birinchisida (Gulnora) va(singlim) so’zlari uyushiq bo’lak sifatida vazifasida, ikkinchi gapda (Gulnora) so’zi undalma, (singlim) so’zi ega, uchinchi (Gulnora)so’zi aniqlovchi, (singlim) so’zi izohlanmish ega vazifasida kelgan.

Grаmmаtik mа’nоlаr o’z хususiyatigа qаrаb ikkigа bo’linаdi:

1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling