Mavzu: Grammatika haqida umumiy ma’lumot
Download 10.53 Kb.
|
Mavzu Grammatika haqida umumiy ma’lumot-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grammatik kategoriya
- Grammatik ma’noni ifodalash usullari.
Grammatik ma’no quydagi vositalar yordamida ifodalanadi. 1.Qo’shimchalar yordamida: uyga, ukam, kelsa,boraman. 2.Yordamchi so’zlar vositasida: qalam bilan yozdi, sen uchun oldim. 3.So’z tartibi orqali: keng ko’cha (birikma)- Ko’ch keng (gap) 4.Ohang yordamida: Dars tugadi (darak gap). Dars tugadi? (so’roq gap), Dars tugadi! (undov gap). 5.So’zlarni juftlash va takrorlash orqali: qozon-tovoq (jamlash ma’nosi). 6.Urg’u yordamida. Gulla*r (ot)- gu*llar (fe’l).So’zning nutqdagi ma’lum grammatik ma’no ifodalovchi shakli uning grammatik formasi hisoblanadi. Masalan, o’qimoqdamiz so’zining leksik ma’no ( ish- harakat) dan tashqari, grammatik zamon va shaxs-son ma’nolarini ham ifoda qiladi.Bular leksik ma’noga qo’shiluvchi grammatik ma’no bo’lib, -moqda, -imiz affikslari orqali shakllanadi.So’zning grammatik formasi Sintetik forma Analitik forma Juft va takroriy forma Sintetik forma affiksli so’zlardir: kitobni, yozmoqdasan, keltir va boshqalar. Analitik forma yordamchi so’lar ishtirokida xosil bo’ladi: Zulfiya singari, talaba uchun. Juft va takroriy formalar- ham ma’lum grammatik ma’no ifoda qiladi. Masalan, juft formalar (erta-kech, qishin-yozin), takroriy formalar ko’plik qop-qop (bug’doy), katta-katta (shaharlar) ni ifodalaydi.Grammatik kategoriyaGrammatik kategoriyaO’zаrо bir-birigа zid qo’yilgаn vа qiyosаn оlingаn grаmmаtik mа’nоlаr sistemаsi vа ulаrgа хоs ifоdа vоsitаlаri-grаmmаtik shakllаr sistemаsi grаmmаtik kаtegоriya deyilаdi. Mаsаlаn, оtlаrgа хоs kelishik, egаlik kаtegоriyasi, sоn kаtegоriyasi, fe’llаrdа shахs – sоn, nisbаt, zamon, mayl kabi kаtegоriyalarning hаr qаysisi o’zigа хоs grаmmаtik mа’nоlаr mаjmuаsigа vа shu mа’nоlаrning ifоdа shakllаri sistemаsigа egа.Grammatik ma’noni ifodalash usullari.Affiksal vosita; Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’z; So’z tartibi; Takror; Ohang; Sintaktik qolip; Download 10.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling