Mavzu: gul yashil o`simliklarning muhim organi


Download 22.09 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi22.09 Kb.
#1052452
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu gul yashil o`simliklarning muhim organi-hozir.org

Ishning dolzarbligi. Ishning dolzarbligi shundaki, ushbu Respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi bir qator ijobiy ishlar, fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan o‘sishi, bugungi kunda raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish darajasini yuqori tarzda ta’minlashga nisbatan jamiyat ehtiyojlari bilan o‘qitish uslublari o‘rtasida ziddiyatlar tug‘ilishiga olib keladi. Shuning uchun ta’lim jarayonida boshqa yondashuvlarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishning maqsadi va vazifasi. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Gul - yashil o`simliklarning muhim organi, bir jinsli va ikki jinsli gullar ahamiyati haqida to’laligicha o’rganib, biosferadagi va inson hayotidagi ahamiyatini yoritib berishdir. Bundan tashqari, ularning inson hayotidagi roli haqidagi ma’lumotlar, o’rganib, kerakli bilimlarni o’quvchi talabalarga yetkazib berish.
Kurs ishi ob’ekti. “Botanika” fani darsidan "Gul - yashil o`simliklarning muhim organi” mavzusini o’rganish.
Kurs ishi predmeti. « Gul - yashil o`simliklarning muhim organi " мavzusini yoritib berishda qo’llaniladigan barcha turdagi tasviriy va ko’rgazmali vositalar.
Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, II bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Bunda ____ rasm, ____jadval, 2 bob, ____ adabiyotdan hamda internet ma’lumotlaridan foydalanildi. Ishning hajmi _____ betni tashkil etadi.
Gul – o‘simliklarning generativ ko‘payish organi
O‘simliklarning guli novdasiga bandi bilan birikib turadi va unga gulband deyiladi. Gulbandning yuqori qismida biroz kengaygan joy – gulo‘rni bor, unda gulning hamma qismlari joylashadi. Gulbandi shakli va o‘lchami bilan bir-biridan farq qiladi.
Gul – quyidagi qismlardan tashkil topgan.
Gulqo‘rgon – gulkosacha va gultojdan tashkil topgan.
Gulo‘rni – gulning barcha a’zolari joylashgan qismi.
Gulkosacha – gulni tashqi tomondan o‘rab turadigan qavat.
U gulkosachabarglardan tashkil topgan. Gulkosacha yashil va boshqa ranglarda bo‘ladi.
Gultoj – guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo‘rg‘on qavati. U gultojbarglar yig‘indisidan iborat. Gultoj turli rangda bo‘ladi. Changchi – gulqo‘rg‘on ichida joylashgan muhim qismi. U ikki qismdan: changdon va changchi ipidan tashkil topgan. Changchi iplari changdonni ushlab turadi va gulo‘rni bilan bog‘laydi. O‘simlikning turiga qarab changchilar bittadan bir nechtagacha bo‘lishi mumkin. Changchi iplarining soni va shakli gulga bog‘liq. Shunga ko‘ra, changchi iplari alohida-alohida, qo‘shilib yoki tutam hosil qilib gulo‘rniga joylashadi. Ayrim gullarda changchi iplari bo‘lmaydi. Urug‘chi – gulning o‘rtasida (markazida) joylashgan eng muhim qismi. U tuguncha, ustuncha va tumshuqchadan iborat.

Download 22.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling