Radix oʻsimlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq


Download 61.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi61.72 Kb.
#195198
Bog'liq
Ildiz (oʻsimlik) - Vikipediya



Ildiz (oʻsimlik)

Ildiz (radix) — oʻsimlikning eng muhim

organi. I. tuproqdan suv va oziq

moddalarni soʻrib olish, oʻzida murak-kab

birikmalarni sintez qilish va ularni

oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi,

barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini

bajaradi. I. tuproqqa mikroflora rivojini

tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi

va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan



tashqari, I. baʼzi organik moddalarni

sintez qiladi. Koʻpgina oʻsimlik I. vda

zaxira toʻplanadi.

Tuban oʻsimliklar, lishayniklar,

yoʻsinsimonlar va ayrim zamburugʻlarda I.

vazifasini rizoidlar (tuksimon va b.

shakllardagi bir va koʻp hujayrali sodda

I.lar) bajaradi. I. koʻpincha ingichka

silindrsimon yoki ipsimon boʻladi. Urugʻ

yerga tushgandan keyin, murtakdagi I.

rivojlanib, asosiy I. ga aylanadi. Asosiy I.

tarmoklanib, birinchi tartib, ular oʻz

navbatida tarmoklanib, ikkinchi tartib va



h.k. yon I. hosil qiladi. Asosiy va yon I.

lardan tashqari koʻpgina oʻsimliklarda

poya va barglardan oʻsib chiqadigan

qoʻshimcha I. uchraydi. Oʻsimlik poyasini

tuproqqa koʻmish yoʻli bilan qoʻshimcha I.

paydo qilish mumkin. Pomidor,

kartoshka, makkajoʻxori chopiq

qilingandan keyin koʻplab qoʻshimcha I.

lar chiqaradi; bu I. lar oʻsimlikni

mustahkamlab, oziqlanish sharoitini

yaxshilaydi va hosilni koʻpaytiradi.

I. lar tuproqda tarqalishiga qarab oʻq ildiz

va patak ildizga boʻlinadi. Asosiy I. yaxshi



rivojlanib, yoʻgʻonligi va boʻyi bilan

boshqalardan kattaroq boʻlsa, oʻq ildiz

deyiladi. Bu xildagi I. lar, asosan, ikki

pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, asosiy I.

tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda,

qizilmiya, yantoq). Oʻq ildiz choʻl

oʻsimliklarida 15—20 m gacha boradi.

Patak ildizlar bir pallali oʻsimliklarga xos

boʻlib, bularda asosiy I. barvaqt quriydi

yoki butunlay paydo boʻlmaydi, baʼzan

esa oʻsayotgan patak I. lar bilan bir xilda

oʻsadi (boshokdoshlarda). Ingichka oq I.

chalar tukchalar bilan birga I.ning faol

qismini hosil qiladi; uning uz. 10—15 sm,




diametri 0,6—1,0 mm va undan ortiq

boʻladi. Dagʻallashgan, rangi

qoʻngʻirlashgan I.lar asosiy I. bilan birga I.

tarmogʻining oʻtkazuvchi qismini tashkil

etadi. Faol qismdagi I. chalar uchi I. gʻilofi

bilan qoplangan, gʻilof I.ni tuproq orasiga

oʻsib kirishda zararlanishdan saqlaydi.

Gʻilof ostida hujayralarning boʻlinish —

choʻzilish (oʻsish) zonasi joylashgan,

uning hujayralari juda tez oʻsish

xususiyatiga ega. Bundan key-in

differensiallanish, yaʼni I. tukchalari

zonasi (I. chaning asosiy qis-mi) keladi;

suv va unda erigan oziq moddalar shu




zonada soʻriladi. Mac, gʻoʻzada tashqi

muhit sharoitiga qarab asosiy (bosh) I.

yerga 2 m va undan ham chuqur oʻsib

kiradi; chuqurga kirgan sari u

ingichkalashib (yuqorida 1,5—2 sm dan

pastki qatlamlarda 1—2 mm gacha)

boradi. Yon I. lar yon tomonlarga 50—100

sm gacha tarqalib oʻsadi. Oʻq I. nobud

boʻlsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi

tartib yon I.lar bajaradi, lekin bunda I.

boʻyiga oʻsa boshlaydi.

Koʻp oʻtlarning I.lari etdor boʻladi (lavlagi,

sabzi, turp va b.). Etdor I. lar kraxmal, har



xil qandlar, shilim-shiq moddalar, inulin,

gemitsellyuloza va b. zaxira moddalarni

saklash vazifasini bajaradi. Mac, lavlagi I.

sa-harozaga, kartoshkagul I. boʻrtmalari

inulinga, gulxayri I.i kraxmal va shilimshiq

moddalarga boy.

Usmanov A. N., Teoreticheskiye osnovi

kornevogo pitaniya xlopchatnika pri

poluchenii visokogo urojaya v usloviyax

iskusstvennoy sredi, T., 1984.

Abdukarim Zikiryoyev.

[1]


Adabiyot


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

Manbalar



  Soʻnggi tahrir 3 oylar avval Malikxan tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


title=Ildiz_(o simlik)&oldid=2135

129


" dan olindi 

Download 61.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling