Mavzu: Guruhiy boshqaruv usullari
Download 63.5 Kb.
|
Guruhiy boshqaruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Boshkaruv usullari
Mavzu: Guruhiy boshqaruv usullari R ej a: 1. Guruhiy boshkaruv usullari to’grisida tushuncha. 2. Guruhiy boshkaruvning tashkiliy – ma‘muriy usullari. 3. Guruhiy boshkarishning iktisodiy usullari. 4. Boshkarishning sotsial-ruxiy usullari. Tayanch so’z va iboralar: Usul. Boshkarish usullari. Tashkiliy-ma‘muriy usullar. Tashkiliy ta‘sir ko’rsatish. Farmoyish berish. Boshkarishni iktisodiy usullari. sotsial-ruxiy usullar. 1. Boshkaruv usullari to’grisida tushuncha. Usul – bu tadkikot kilish yoki ta‘sir ko’rsatish usulidir. Tadkikot kilish nuktai nazaridan uslub deganda boshkaruv obektini °rganish jarayonida ko’llaniladigan usullar, ya‘ni: sistemali (tizim)li yondashuv; kompleks yondashuv; tarkibiy yondashuv; integratsion yondashuv; modelashtirish; iktisodiy-matematik yondashuv; kuzatish; eksprement; sotsiologik kuzatuv kabi taxlilning usullari tushuniladi. Ta‘sir ko’rsatish nuktai nazaridan esa usul deganda boshkarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshkaruv obektiga ta‘sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga kuyidagilar kiradi: funktsional tizimosti obektlarini boshkarish usuli; boshkarish funktsiyalarini bajarish usullari; boshkaruv karorlarini kabul kilish usullari; xar xil yondashuvlar, yo’sunlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshkaruv ishlarining majmui – boshkaruvning anik va o’ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday kilib: Boshkaruv usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chikarish jamoalariga ta‘sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar ko’yilgan maksadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uygunlashtirishni nazarda tutadi. Boshkarish usullari ishlab chikarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan obektiv tarzda kelib chikadi. Download 63.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling