Didaktik diagnostika
Pedagogik jarayonni takomillashtirish uchun xizmat qilishdir (ta’lim jarayonining tashkiliy metodik tomonlaridan tashqari). Bunda talabalarning og’zaki va yozma javoblari hamda ulardagi tipik xatolar, sabablari, ta’lim faoliyatidagi salbiy o’zgarishlar o’rganiladi. Shuningdek, talabalardagi mehnat malaka va ko’nikmalarning rivojlanganlik darajasi hamda ta’lim olishga nisbatan moyillik diagnostika qilinadi.
Ijtimoiy-pedagogik diagnostika
Talabalarning pedagogik qarovsizligi va moslashganlik darajasini o’rganuvchi hamda tarbiyasi og’ir bolalarni diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo’nalishdir. Diagnostika pedagoglar tomonidan maktab va o’quv yurtidan tashqarida olib boriladi. Shu sababli diagnostika jarayoni “oila sosiologiyasi va iqtisodi”, “huquq sosiologiyasi”, “dam olish sosiologiyasi”, “iqtisodiy sosiologiya” kabi sohalarda qo’llaniladigan metodikalar va ko’rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi.
Bu yo’nalish sosiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o’z ichiga qamrab olgan. U talabalar, pedagoglar va ota-onalar guruhlarini o’rganishga; talabalarga ommaviy kommunikasiya vositalarining (radio, televideniye, gazetalar va hokazo) ta’sirini aniqlashga; talabalarning burch va huquqlari hamda o’zaro munosabatlarini yoritishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmuidir.
Psixologik va pedagogik diagnostikaning eng yaxshi rivojlangan va dolzabr yo’nalishlaridan biri bo’lib, u talabalarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlashga; o’z-o’zini baholashiga; psixologik “himoya usullari” ajratishga; talaba xarakterining asosiy sifatlari hamda qator va individual-psixologik xususiyatlarini o’rganishga qaratilgandir.
4.4. Zamonaviy guruhiy psixodiagnostika metodlariga qo’yiladigan jarayonlashtirish va verifikasiya talablari hamda ularning qo’llanilishi darajasi
So’ngi yillarda guruhiy psixodiagnostikaning zamonaviy metodlari yaratilib, ulardan inson omili predmeti sanalgan fanlarning amaliyot jarayonida samarali foydalanib kelinmoqda. Psixodiagnostik usullarning tadbiqiy o’rganilishi, yangi ilmiy tushunchalar va ularga xos xususiyatlarning yaratilishi, izohlanishi, tan olinishi hamda tajribada qo’llanilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Psixologiyada faoliyatning yuksalib borilishi XX asr boshlarida tadqiqot metodlari va yo’riqnomalariga aloqador shakllangan zamonaviy fanlarga taqdim etiladigan, rasmiy tan olingan va qabul qilingan talablarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunday talablar asosida jarayonlashtirish va verifikasiya tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |