Mavzu: Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 166 Kb.
|
Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Norasmiy guruhlar tasodifan paydo bo‘ladi va bu holat u yoki bu korxona ichida yuz berishi mumkin. Norasmiy guruh tashkil topishining manbaalari shu guruh a’zolariga xos umumiy manfaat va o‘zaro iliq munosabatlarning mavjudligida ko‘rinadi. Norasmiy guruh korxona rasmiy tizimidan mustaqilligi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadining noaniqligi bilan ifodalanadi. Bunday guruhni ba’zan manfaatlar bo‘yicha birlashish desa ham bo‘ladi.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish qismi, xulosa, tavsiya, taklif xamda adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Kirish Tashkilot miqyosida, dadil ayta olamizki, yuqorida sanab o‘tilgan guruh turlarining hamma ko‘rinishi mavjud. Guruh o‘z a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va guruhiy normalarga rioya qilishga sharoit yaratadi, qolaversa, ijtimoiy nazorat olib boradi. Jamoa tarkibida xodim korxona maqsadlarini to‘laroq anglaydi va umumiy mas’uliyatga beixtiyor sherik bo‘ladi. Jamoa a’zolari bilan hamkorlikda harakat qilgan holda, u yakka tartibdagi intilishga nisbatan ko‘proq samaraga erishadi. Tashkilot so‘zi aniq maqsadga erishish yo‘lida ma’lum tartibda mujassamlashgan jamoalar birligini anglatadi. Xodimlar tashkilot miqyosida o‘zaro munosabatlar tizimini yaratadi. Favqulodda har qanday rasmiy tashkilot miqyosida turli norasmiy guruhlar mujassamlashadi. Bu norasmiy guruhlar tashkilotdagi umumiy muhitga, uning o‘z maqsadi yo‘lidagi tashabbusiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Rahbar norasmiy guruhlarga xos xususiyatlarni hisobga olishi orqali samarali guruhiy normalarni shakllantirishga va xodimlar faoliyatini guruh manfaati bilan uyѓunlashtirishga imkoniyat tuѓiladi. Tashkilot faoliyati avvaliga butunlay ratsional tarzda tashkil etilib, bu tadbirda iqtisodiy omillar va ko‘rsatkichlar ustuvor deb topiladi. Hozirga kelib bu omillar soni ancha ko‘paydi va ular qatorida boshqaruvning axborot manbaalari va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni shakllantirish, uni olѓa surish hamda o‘zgartirish mexanizmlari o‘rin oldi. Shu bilan birga, tashkilot qaramoѓidagi xodimlar motivatsiyasi, ya’ni ularni faoliyatga undash, tashkiliy munosabatlarni mukammallashtirish, loyihalar bo‘yicha tadqiqotlar, shuningdek ixtirolarni joriy etishning iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy jihatlari kabi omillar kelib qo‘shildi. Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling