Mavzu: Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi
Reja:
Kirish
1. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning o‘rganilishi.
2.Guruhlararo o‘zaro ta’sirni gruppadagi ichki jarayonlarga ta’siri.
3.Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi amaliy muammolari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati: Xodimlarning soni va ular o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra kichik va katta guruhlar farqlanadi. Xususan, kichik guruhdagi xodimlarning munosabati bevosita ko‘rinishda bo‘lsa, katta gurux a’zolari esa bavosita munosabatda bo‘ladilar.
Kichik guruhlar psixologik jihatdan talqin etilganda, ularga aloqador quyidagi xususiyatlar farqlanadi:
guruh a’zolaridan birining xatti-harakati boshqa a’zolarga ta’sir etadi;
guruh a’zolari shaxsiy yoki umumiy ehtiyojlarini qondirishda bir-birlariga muxtojdir.
Bunday ta’rif mashhur psixolog K. Levinga tegishli bo‘lib, u guruh ichida ro‘y beradigan jarayonlarni ilmiy jihatdan tahlil etadi. Binobarin, biron tashkilotdagi kichik guruhni nazarda tutsak, guruh a’zolariga xos umumiy maqsadning mavjudligi ta’kidlanadi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi Demak, bir butun korxonani tashkil etuvchi kichik guruhlar majmuasi katta guruh deyiladi. Lekin kichik va katta guruhlarga ichki jarayonlar o‘ziga xos bo‘lib, rahbar u yoki bu guruh bilan muloqotga kirishganda mazkur xususiyatlarni hisobga olishi lozim.
Guruh turlari. Umuman, psixologiya fanida guruhlarni farqlash bir necha mezon bo‘yicha amalga oshiriladi. Quyidagi xususiyatlar guruh tabiatini yanda chuqurroq tushunish va bundan boshqaruv faoliyatida foydalanish imkonini beradi.
Kichik guruhning o‘zi ikkiga bo‘linadi:
birlamchi guruh o‘z ahilligi va o‘zidagi «BIZ» hissiyotining yuksakligi bilan ko‘zga tashlanadi. Asosiy belgilari – uning kamsonliligi, a’zolari o‘rtasidagi masofa yaqinligi, o‘zaro munosabatlarning shaxsiy xususiyatlarga asoslanganligi. Bunday guruhga yorqin misol sifatida oilani keltirish mumkin.
ikkilamchi guruh deb faoliyati aniq maqsadga yo‘nalgan va o‘zaro munosabatlarda rasmiy jihatlar kuzatiladigan jamoaga aytiladi. Bunday guruhda asosiy diqqat o‘zaro munosabatlarga emas, balki ma’lum vazifani bajarish malakasiga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |