Mavzu: Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi


Download 166 Kb.
bet5/11
Sana24.03.2023
Hajmi166 Kb.
#1292869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi

Guruh maqsadlari. Guruh maqsadlariga tezkor va unumli erishish, ushbu maqsadlarning guruh a’zolari tomonidan qabul qilinishiga boѓliq. Ma’muriyat tashkilot mohiyatini ifodalovchi tadbirlar ishlab chiqar ekan, ko‘pincha xodimlar bu tadbirlar dolzarb va muhim muammolarni hal etishga qaratilganligidan, hattoki shubhalanmaydilar. Lekin, rahbarning bu sohadagi asosiy vazifalaridan biri – guruhiy tadbirlarni xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishdan iboratdir. Buning uchun u xodimlarni raѓbatlantirish, motivatsiyalash shartlarini yaxshi bilishi lozim. Har bir xodimning oilaviy muhiti, yashash sharoiti va indiviudal-psixologik xislatini hisobga olish ushbu yo‘nalishdagi muvaffaqiyatni amalga oshishidagi asosiy omildir.
Guruhiy normalar. Guruhiy norma – ayni jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ma’lum tartibga solib turuvchi yozilmagan, lekin, unga amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidadir. Guruhiy normalar ushbu jamoada nimani qilish mumkinu, nimani esa mumkin emas, nima yomonu, nima yaxshi kabi talablarni amalda qo‘llaydi. Guruhiy normalar orqali har bir xodim o‘zidan jamoa nimani kutayotganini, qanday ishni va qay tarzda bajarishi lozimligi haqida ma’lumot olib turadi.
Guruh rivojlanishi davomida undagi normalar o‘zgarib borishi mumkin, va ta’kidlash joizki yangi, shuningdek, murakkab vaziyatlarda bu holat yorqin namoyon bo‘ladi. Lekin, normalar hamma a’zolar tomonidan bir xil tushunilmaguncha va qabul qilinmaguncha jamoa faolligi sezilmaydi.
Tashkilot guruhi hayotida amal qiluvchi normalarni ikki turga bo‘lish mumkin:
Rahbariyat tomonidan kiritilgan normalar;
Guruh tomonidan kiritilgan normalar.
Birinchi tur normalarining jamoa a’zolari tomonidan qabul qilinishi rahbar va xodimlar o‘rtasida shakllangan munosabatlarga boѓliq. Bu munosabatlar iliq bo‘lsa va rahbar jamoa tomonidan tan olinib, hurmat-e’tiborga ega bo‘lsa, xodimlar rahbar tomonidan kiritilgan normalarga rioya qiladilar. Afsuski, hayotda buning aksini ham kuzatamiz.


  1. Download 166 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling