Mavzu: Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi


Download 166 Kb.
bet2/11
Sana24.03.2023
Hajmi166 Kb.
#1292869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Guruhlararo munosabatlar va ijtimoiy adolat tushunchasi

Kurs ishining vazifalari: Rahbar boshqaruv faoliyatida turli maqsadda tuzilgan guruhlarda turlicha psixologik muhitni shakllantirishga e’tibor berishi kerak. Masalan, qisqa muddatli va malakali mehnat talab qiladigan vazifalarni ado etish uchun tuzilgan guruhda asosiy maqsad mehnat faoliyatiga qaratiladi va jamoa birdamligiga boѓliq tadbirlar cheklanadi. Doimiy va muntazam faoliyat yurituvchi guruhda esa bajarilayotgan mehnat bilan bir qatorda ayni jamoada soѓlom va ahil muhit yaratish yo‘li tanlanadi.
Kichik guruhning yana bir ko‘rinishi referent guruh deb ataladi. Referent guruh, o‘z mazmuniga ko‘ra, biron kimsa uchun eng ardoqli va o‘ziga yaqin tutuvchi jamoani anglatadi. Odatda har kim referent guruhni o‘ziga namuna sifatida qabul qiladi va o‘z xulqini shu guruh normalari bilan moslashtirishga intiladi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra referent guruh salbiy va ijobiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ijobiy mazmunga xos referent guruh tashkilot maqsadiga muvofiq ishlaydi va undagi jarayonlar umumiy maqsadga bo‘ysungan bo‘ladi. Salbiy mazmun kasb etgan referent guruhdagi norma va xulq-atvor shakllari jamoa manfaatiga zid bo‘lishi va tashkilot maqsadi bilan mos kelmasligi mumkin. Masalan, bu manzara mehnat jamoasidagi ba’zi xodimlar to‘dasining muntazam ravishda tartibbuzarlikka yo‘l qo‘yishi yoki asosiy ish vaqtida o‘z faoliyatini boshqa yo‘nalishga baѓishlashida ko‘rinadi.
Kurs ishining predmeti: Odatda har bir jamoada bir necha referent guruhlar uchrashi tabiiy. Rahbar bunday vaqtda ushbu guruhning salbiy yoki ijobiy mazmunga yo‘nalganini darhol ajratib olishi va shu asosda ularga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi lozim. Ijobiy yo‘nalishga ega bo‘lgan referent guruhni qo‘llash bilan birga asta-sekin undagi a’zolar sonining ko‘payishi haqida ѓamxo‘rlik qilish kerak. Salbiy yo‘nalishdagi guruhga nisbatan tanlangan asosiy siyosat esa, ushbu guruh a’zolariga topshiriladigan vazifalar asnosida iloji boricha ularni bir-biridan uzoqlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Kurs ishining metodologik asosi: Yuqorida sanab o‘tilganlar qatorida rasmiy va norasmiy guruhlar ham mavjud. Rasmiy guruh biron maqsadga erishish yo‘lida tashkil topadi. Masalan, brigada, bo‘lim, ma’muriyat kabi rasmiy mehnat jamoalari... Odatda mazkur guruhlarning faoliyati ma’lum bir maqsadga yo‘nalgan ravishda boshqariladi. Bunday guruhning tashkil topishi huquqiy jihatdan rasmiylashtirilib qo‘yiladi.

Download 166 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling