Ochiqdan ochiq yuz beradigan nizolar odatda tortishib qolgan shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita xatti-harakatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Bunday nizoni kuzatish, qayd etish va unga keark bo‘lsa, aralashish ham mumkin bo‘ladi. Yashirin nizo esa ochiq namoyon bo‘lmaydi, balki u turli xufyona usullar bilan amalga oshiriladi. Tashqaridan qaragan odam bunday nizoning mavjudligini sezmaydi.
Ba’zan nizolar obyektiv sabablar, shart-sharoitlar bois vujudga keladi. Masalan, agar bu ishlab chiqarishda bo‘lsa – ish sharoitlarining yomonligi, xizmat vazifalarining noo‘rin taqsimlanganligi, kadrlar salohiyatiga bee’tiborlilik, mehnatni rag‘batlantirishdagi adolatsizlik kabilar odamlar o‘rtasida muayyan tangliklarni keltirib chiqaradiki, bu shaxslararo o‘zaro munosabatlarda o‘z aksini topib, ularning o‘zaro va xodimlarning rahbarlar bilan urushib qolishiga, yashirin yoki ochiq konfrontatsiyaga olib keladi. Bu kabi nizolarni bartaraf etish uchun uni keltirib chiqqan obyektiv shart-sharoitlarni o‘zgartirish yoki kamchiliklarni yo‘qotish orqaligina amalaga oshiriladi.Chunki jamoadagi bunday nizolar o‘ziga xos signal funksiyasini bajaradiki, u orqali rahbarlar mehnat jamoasida noma’qul psixologik muhit paydo bo‘layotganligidan xabardor bo‘ladilar.
ADABIYOTLAR:
Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiya. Uchebnik dlya visshix uchebnix zavedeniy / G.M. Andreyeva. – 5-ye izd., ispr. i dop. – M.: Aspekt Press, 2003. – 364 s.
Andreyeva G.M., Bogomolova N.N., Petrovskaya L.A. Zarubejnaya sotsialnaya psixologiya XX stoletiya. – M.: Aspekt Press, 2002.
Bodalev A.A. Lichnost i obsheniye. – M.: 2003.
Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi: O‘quv qo‘llanma / Mas’ul muharrir: A.Xolbekov. – T.: DJQA “Rahbar” markazi; “YUNAKS-PRINT” MCHJ, 2006. – 230 b.
Galkina T.P. Sotsiologiya upravleniya: Ot gruppi k komande. – M.: 2003.
Donsov A.I. Psixologiya kollektiva. – M.: MGU, 1984.
Yemelyanov Y.N. Aktivnoye sotsialno-psixologicheskoye obucheniye. – L.: LGU, 1985.
Yenikeyev M.I. Obshaya i sotsialnaya psixologiya. – M.: 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: |