Mavzu: h aydovchi shaxs sifatida
Download 141.36 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 amaliy SYHT--
1-AMALIY MASHG’ULOT MAVZU: Haydovchi shaxs sifatida MAQSAD: Haydovchini shaxs sifatida o’rganish Topshiriq tarkibi. Haydovchini shaxs sifatidagi xususiyatlarini va haydovchi ishonchliligini belgilovchi omillarni taxlil etish. (Kontseptual jadval) Haydovchilik nomzodlarda kasbiy tanlov o’tkazish axamiyatini o’rganish. (Ayzenk testi) Psixologik testlar yordamida haydovchilarni professional tanlashda muxim bo’lgan xususiyatlarni o’rganish (Temperament turlarini aniqlash testi) Metodik ko’rsatmalar. 1.Shaxs- insonning tug’ma va hayoti davomida orttirgan ruhiy ma'naviy va jismoniy xususiyatlarining yig’indisidir. Shaxs-bu barcha yutuq va kamchiliklari, kuchli va kuchsiz tomonlari bilan aniq inson. Shaxs-yagona individ bo’lib u ongli mavjudot va fakat jamiyatda mavjuddir. Shaxsning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: -Qiziqishi; -Temperamenti -Yo’nalishi -Layoqati -Talabi -Xarakteri Xaydovchining psixofiziologik layoqatliligi deganda bir yoki bir necha faoliyatni muvaffaqiyatli bajarilishni ta'minlashdagi shaxsning ruxiy xususiyatlarining yig’indisi hisoblanadi. Layoqat faoliyatni sifatli bajarishga katta yordam beradi. Quyidagi sifatlarni xaydovchining layoqatiga kiritish mumkin: -tez va aniq sezish (bular sezgi organlarining alo darajadaligi) -yengillik , jismoniy chidamlilik xarakatni yaxshi kordinatsiyalash -reaktsiyaning tezligi va aniqligi, diqqat sifatlarining yaxshiligi -kuzatuvchanlik va vaziyatni yaxshi tushunishlik - texnikaga qiziqish -yuqori xissiy turg’unlik o’z o’zini boshqarish -xarakat tezligi va aloqalarni tez va to’g’ri aniqlay olish. AYHM tizimining samaradorligi xaydovchining ishonchliligiga bog’liq bo’ladi, bu uning bajarayotgan ishi ishonchliligi bilan tavsiflanadi. Bu yerda 2 xil ishonchlilik nazarda tutiladi: xaydovchining psixologik ishonchliligi - psixologik xususiyatlarning amalga oshirilayotgan faoliyat talablariga mosligi; fiziologik ishonchlilik - jismoniy holat va sog’liq bilan bog’liq bo’ladi. Haydovchining ishonchliligi deganda uni belgilangan vaqt davomida har qanday yo’l sharoitida vazifasini bexato bajarish xususiyati tushuniladi. Haydovchining ishonchliligini belgilovchi ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 1.Haydovchining kasbga yaroqliligi 2. Kasbiy tayyorgarlik. 3.Haydovchining yuqori ishonchlilik qobiliyati. Haydovchining ish kuni davomida yuqori samaradorlik va ishonchlilikning uzoq muddat saqlanishiga quyidagilar yordam beradi: Yuqori sifatli dinamik xususiyatlar va xizmatga yaroqlilik; qulay sozlangan o’rindiq; yo’lning yaxshi ko’rinishi; asboblar ko’rsatkichlarining idrok etish imkoniyati; boshqaruv elementlarini boshqarish qulayligi; kabinadagi qulay mikroiqlim Download 141.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling