Mavzu: h aydovchi shaxs sifatida
Vazifa: Xaydovchini shaxs sifatidagi xususiyatlarini va xaydovchi ishonchliligini belgilovchi omillarni Kontseptual jadval asosida taxlil eting
Download 141.36 Kb.
|
1 amaliy SYHT--
- Bu sahifa navigatsiya:
- АМАЛИЙ ИШ “Ҳайдовчини шахс сифатида ўрганиш
Vazifa: Xaydovchini shaxs sifatidagi xususiyatlarini va xaydovchi ishonchliligini belgilovchi omillarni Kontseptual jadval asosida taxlil eting
KONTSEPTUAL JADVAL
2. Biologlar va psixologlar inson biologik tizim sifatida mukammal va har qanday operatsiyalarni bajarishda yuqori ishonchga ega ekanligini ta'kidlashadi. Psixologiya shaxsni o’rganish usullarining keng doirasiga ega, bu esa xaydovchi nomzodining psixologik portretini olish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot xaydovchilarni tayyorlashning dastlabki bosqichlarida zarur kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonining samarali kechishini belgilaydi. Insonlarning ruhiy o’ziga xosligi bir xilda emas. Odamning ruhiy holatiga ko’p jixatdan atrof-muhit ko’rsatkichlari ta'sir ko’rsatadi, ular asab tizimiga ta'sir ko’rsatib, ruhiy jarayonlarning kesish chuqurligi va tezligini o’zgartiradi. Shu sababdan haydovchining ruhiy holatini to’g’ri tushunish uchun uning faoliyatini kuzatuvchi ayrim ruhiy jarayonlarni o’rganishning o’zi yetarli bo’lmagan xolatlarda, insonni shaxs sifatida tavsiflovchi o’ziga xoslikni bilish zarur. Shunday qilib, o’quv guruh sharoitida bo’lajak haydovchilarda G.Yu.Ayzenk usuli bo’yicha test o’tkazish tavsiya etiladi, bu xaydovchining ishonchliligi va xaydovchilik faoliyatiga mosligi darajasini belgilovchi xususiyatlarga ega bo’lgan shaxsning psixologik portretini yaratishga imkon beradi. Bunda, xaydovchilikga nomzodlar uchta asosiy o’lchov bilan aniqlanadi: ekstraversiya-intraversiya, neyrotizm va psixotizm. Haydovchining psixologik portretini chizish imkonini beruvchi o’lchovlarni T-jadval yordamida o’rganish va taxlil qilish vazifasi beriladi. T jadval
3. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o’zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta'minlovchi sifatlarini o’z ichiga oladi. Bu sifatlarning axamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo’ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o’ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional xolatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta'minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o’zgaruvchan) va emotsional - xissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularning namoyon bo’lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o’zini qanday tutishini belgilab beradi. Psixologik testlar yordamida haydovchilarni professional tanlashda muxim bo’lgan xususiyatlarni o’rganish uchun Temperamentni aniqlash metodikasi tavsiya etiladi. 1. Men betoqat va jizzakiman. Men sabrsizman. 2. O’z muvaffaqiyatsizliklarimni oson qabul qilaman. 3. Xar bir ishimni aniq reja va ketma-ketlik asosida qilaman. 4. Notanish odam bilan gaplashib ketishga qiynalaman. 5. Men juda tez va hayajon bilan gapiraman. 6. Men hayotga quvonch bilan qarayman. 7. Men xotirjam kuta olaman. 8. Ba'zan uzoq vaqt “yopiqv inson”ga aylanaman. 9. Men ko’pincha shoshib yuraman. Mening hayotimda qilishim kerak bo’lgan ishlar va jarayonlar juda ko’p. 10. Men yangi ishga tez kirishib keta olaman. Bir faoliyatdan, boshqasiga osonlikcha o’tishim mumkin. 11. Hayotda va ishda odatiy sxemaga tayanaman. 12. Ba'zida shubxali va odomoviman. 13. Har qanday jarayonlarga faol kirishib keta olaman va tezkor natijani yoqtiraman. 14. Men tez muloqotga kirishuvchan va muloyimman. Mening do’stlarim ko’p. 15. Men bir ishdan ikkinchisiga shoshmasdan o’taman. 16. Aksariyat xolarda men buyruqlarni so’zsiz bajaraman. 17. Men juda faol insonman va bir xillikni yomon ko’raman. 18. Murakkab va kutilmagan vaziyatlarda o’zimni yo’qotib qo’yaman. 19. Yangi muhitga moslashishim juda qiyin. 20. Boshqalar menga nisbatan raxmdil bo’lishlarini xoxlayman. Bu vaziyatlar kundalik hayotda qanchalik sizga mos kelishini aniqlab, 10 ballik shkala bo’yicha baholang. Ballar yig’indisini keltirilgan sxema bo’yicha qo’shing. 1+5+9+13+17 = xolerik 2+6+10+14+18= sangvinik 3+7+11+15+19 = flegmatik 4+8+12+16+20=melanxolik Eng yuqori ball – yetakchi temperament turi. Ikkinchi ball – stress vaziyatlarda yuzaga keladi temperament. Mustaqil tayyorlanish uchun savollar Haydovchining psixofiziologik layoqati nimah Haydovchi ishonchliligini belgilovchi omillarni ayting Haydovchilik nomzodlarda kasbiy tanlov o’tkazish axamiyati nimadah Haydovchi faoliyatida temperamentning axamiyati va uning turlari. ЎЗБEКИСТОН РEСПУБЛИКАСИ ТРАНСПОРТ ВАЗИРЛИГИ АМАЛИЙ ИШ “Ҳайдовчини шахс сифатида ўрганиш” Тошкент 2023 Download 141.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling