Mavzu: Hajmiy gidravik mashinalar. Hajmiy nasoslar ularning (tavsifi)klassifikatsiyasi Tayyorladi: Matkurbanova Saida Fizika fakulteti


Download 5.95 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.95 Kb.
#1522440
Bog'liq
Mavzu Hajmiy gidravik mashinalar. Hajmiy nasoslar ularning (tav-fayllar.org


Mavzu: Hajmiy gidravik mashinalar. Hajmiy nasoslar ularning (tavsifi)klassifikatsiyasi

Mavzu:Hajmiy gidravik mashinalar.Hajmiy nasoslar ularning (tavsifi)klassifikatsiyasi

Tayyorladi:Matkurbanova Saida Fizika fakulteti

Energetika yo'nalishi 1b1-kurs talabasi

Reja: 1. Hajmiy gidravik mashinalar 2.Hajmiy nasoslar 3.Hajmiy nasoslarni guruhlash sxemasi

Suyuqlik energiyasi va mexanik energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantiruvchi qurilmalar gidromashinalar deb ataladi. Gidromashinalar vazifasiga kura quyidagilarga bulinadi: 1) gidrostatik mashinalar suyuklikning muvozanat holatidan foydalanib, mexanik kuchni suyuqlikning potentsial energiyasiga aylantirish usuli bilan kuchaytirib yoki susaytirib beradi. Bulardan gidropress, gidroakkumulyator, gidromultinlikatorlar kiradi; 2) nasoslar mexanik energiyani suyuqlik energiyasiga aylantirib beradi .

3) gidrodvigatellar suyuklik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi; 4) gidroyuritgich mexanik energiyani suyuqlik vositasida bir xarakatlanuvchi qismdan ikkinchi xarakatlanuvchi qismga uzatishga xizmat qiladi. Gidroyuritgichlarni unumlashtirib, gidrostatik mashinalar deb ham yuritish mumkin

Suyuqliklarni surib ma‘lum masofaga va balandlikka quvurlar orqali bosim ostida haydaydigan mashinalarga gidromashinalar deyiladi. Gidromashinalarga nasoslar kiradi. Nasoslarning kupgina turlari mavjud. Nasoslarning ishlash printsiplari, tuzilishlari, kattaliklari va qaysi sohada ishlashiga qarab turlarga bulinadi.

Gidrotexnika, energetika tog‘ sanoati va boshqa sohalarida nasoslar va gidrodvigatellar juda ko‘p qo‘llaniladi. Ulardan nasos stansiyalari va elektrostansiyalar tashkil qilinadi. Bu stansiyalarda bir nesha nasos yoki gidrodvigatellar birga ishlatiladi.

Hаjmiy nаsоslаr suyuqlikning mа’lum bir hаjmini аjrаtib оlib, ungа kuch tа’sir qilish yo’li bilаn hаrаkаtgа keltirаdi. Аjrаtib оlingаn hаjm u judа kichik bo’lishigа qаrаmаy, bu jаrаyon vаqt birligidа judа ko’p mаrtа tаkrоrlаgаni uchun, bundаy nаsоslаr bizni kerаkli miqdоrdаgi suyuqlik bilаn tа’minlаy оlаdi.


Ilgarilanma-qaytma (porshenli, plunjerli, diafragmali va h.k.)
rotorli (shesterdentli, plastinali va h.k.)
Hajmiy nasoslar 2 guruhga bo‘linadi:

Porshenli nasos qurilmasining eng sodda sxemasi rasmda keltirilgan. Bu nasoslarda suyuqlikning surilishi va haydalishi porshen yoki plunjerning silindrda ilgarilama qaytma harakatiga asoslangan. Porshen (plunjer) silindr ichida qaytma (orqaga) harakat qilganida uning oldidagi ish kamerasining hajmi ortib, siyraklanish hosil bo‘ladi.

Diafragmali nasoslar. Ximiyoviy aktiv suyuqliklarni va qattiq modda zarrachalar aralashgan suyuqliklarni so‘rish uchun porshenli nasoslarning maxsus turlari ishlatiladi. Bunday nasoslarning eng tarqalgan turi diafragmali yoki membranali nasosdir (raem). Bu nasoslar ishlash prinsipi bo‘yicha oddiy bir xarakatli plunjerli nasoslarga o‘xshaydi va suspenziyalar xamda metall qismlarning emirilishiga katta ta’sir qiluvchi aktiv suyuqliklarni so‘rishda ishlatiladi.

Rotorli nasoslar. SHesternyali nasoslar hosil qilgan bosimiga qarab past (10 kG/sm2 gacha), o‘rtacha (30 kg/sm2 gacha) va yuqori (100 kG/sm2) bosimli bo‘ladi. Past bosimli nasoslar stanok va mashinalarning moylash-sovitish sistemalarida qo‘llaniladi. O‘rtacha bosimli nasoslar kuch organlariga harakatni tez uzatish kerak bo‘ladigan stanoklarning gidrouzatmalarida (masalan, parmalash va jilvirlash stanoklarida) ishlatiladi. YUqori bosimli nasoslar stanokning ichki organiga katta kuch uzatish lozim bo‘lgan gidrouzatmalarda qo‘llanadi.Shesternyali nasos:

Vintli nasoslar suyuqlikni bir tekis tortish bilan farqladi. Ular yuqori FIK iga ega, ixcham, ishlatish qulay, yuqori bosimda va katta aylanishlar sonida shovqinsiz ishlay oladi. Bunday nasoslar bir, ikki, uch va xokazo vintli bo‘ladi.

Оddiy bir hаrаkаtli nаsоslаrdа ish bo’lmаsi bittа bo’lib bоshqаruvi zvenоning bittа to’lа аylаnishigа bir mаrtа so’rish vа bir mаrtа хаydаsh to’g’ri kelаdi. Ikki hаrаkаtli nаsоsdа ish bo’lmаsi ikkitа bo’lаdi. Bundа bоshqаruvchi zvenо (tirsаkli vаlning bittа to’lа аylаnishigа ikki mаrtа so’rish vа ikki mаrtа hаydаsh to’g’ri kelаdi. Ikki hаrаkаtli nаsоslаrdа bir pоrshenning ikki tоmоnidа ikki bo’lmа bo’lib pоrshen оldingа yurgаndа bir kаmerаdа hаydаsh ikkinchi kаmerаdа so’rish аmаlgа оshirilаdi.



E’tiboringiz uchun raxmat!!!
http://fayllar.org
Download 5.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling