Mavzu: Hamid Olimjonning hayoti va ijodi
Oʻzbek madaniy merosiga qoʻshgan hissasi
Download 103.02 Kb.
|
Hamid Olimjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarjima asarlari
- Xotira
- Mashhur asarlari
Oʻzbek madaniy merosiga qoʻshgan hissasiHamid Olimjon adabiy ijod bilan birga IT ishlari bilan ham mashgʻul boʻlgan. Ammo u shu davrda yozgan maqolalarida vulgar sotsiologizm taʼsiridan chiqib keta olmay, ayrim millatparvar yozuvchilar ijodini qoralagan. 30-yillarning 2-yarmida esa Hamid Olimjon „Alpomish“ xalq eposini nashrga tayyorlash va Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan uning adabiy merosini oʻrganish jarayonida mumtoz oʻzbek adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodiga katta mehr bilan yondashgan va madaniy merosimizning bu oltin sahifalarini toʻgʻri ilmiy pozitsiyadan turib talqin etgan. U Navoiy komitetining masʼul kotibi sifatida ulugʻ shoir merosini oʻrganish va asarlarini rus tiliga tarjima qilish ishiga katta hissa qoʻshgan. Hamid Olimjon tomonidan nashrga tayyorlangan „Alpomish“ dostoni (Fozil Yoʻldosh oʻgʻli) esa uzoq yillar davomida xalq ogʻzaki ijodi asarlarini oʻrganish va ilmiy nashrini tayyorlash ishida asos boʻlib xizmat qilgan. Tarjima asarlariHamid Olimjon adabiy ijodining muhim qismini badiiy tarjima tashkil etgan. U Pushkinning „Kavkaz asiri“ va „Suv parisi“ dostonlari, Mikhail Lermontovning „Zamonamiz qahramoni“ qissasidagi „Bela“ va Gorkiyning „Chelkash“ hikoyalari, N.Ostrovskiyning „Poʻlat qanday toblandi“ romani, A.Korneychukning „Platon Krechet“ pyesasi, shuningdek, Bayron, Pushkin, Shevchenko, P.Tichina, M.Bezimenskiy, M.Svetlov, K.Simonov, V.Inber kabi shoirlarning ayrim sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. XotiraHamid Olimjon 35 yoshida avtomobil halokati natijasida vafot etgan. Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri, Yozuvchilar uyushmasining Adabiyotchilar uyi, Samarqanddagi viloyat teatriga Hamid Olimjon nomi berilgan. Toshkent shahrida shoir nomi bilan atalgan maydonda unga haykal oʻrnatilgan (1990). Mashhur asarlari„Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“, „Qamal qilingan shahar tepasidagi oy“, „Ishim bordir oʻshal ohuda“ singari goʻzal sheʼrlari mashhur. „Oygul bilan Baxtiyor“ (1937), „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ (1939), „Zaynab va Omon“ (1938) kabi dostonlar va „Muqanna“ (1942), „Jinoyat“ (1944) singari dramalar yozgan. Rus shoir va yozuvchilarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Download 103.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling