Mavzu: Har bir yosh guruhida matematik tasavvurlarini rivojlantirish darajasida qo'yiladigan dastur talablarini ilmiy asoslash. Reja
Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti
Download 24.91 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?). 2. MTTda matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilsa, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi? 3. Matematik bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat, qobiliyatlarni egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining shakllanishi va garmonik rivojlanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak? 4. Matematik bilim berish vositalari: darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish kerak?). 5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari shakllarini qanday o‘tkazish kerak?) 6. Ta’limiy faoliyat ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o‘tkazish kerak? Ta’limiy faoliyatlar jarayonidagi ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?). Bolalarga bilim berish maqsadlari, metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentlaridir. Matematika fani oldida turgan maqsadlar umumiy ta’lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlardan iboratdir. Amaliy maqsadlar qatoriga bolalarning nazariyani amaliyotga bog‘lay olishi, ularning to‘plam va son haqida; kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishi, joy va vaqtni bilishi kabilar kiradi: bolalar olgan bilimlarini o‘zlarining kundalik mehnat va o‘yin faoliyatida, maishiy 12 hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilishi kerak. Xulosa. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur o‘quv qo‘llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag’ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan. Download 24.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling