Mavzu: Har bir yosh guruhida matematik tasavvurlarini rivojlantirish darajasida qo'yiladigan dastur talablarini ilmiy asoslash. Reja


Download 24.91 Kb.
bet1/4
Sana20.01.2023
Hajmi24.91 Kb.
#1103502
  1   2   3   4

Mavzu: Har bir yosh guruhida matematik tasavvurlarini rivojlantirish darajasida qo'yiladigan dastur talablarini ilmiy asoslash.
Reja.
Kirish.
1. Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi nazariyasining tarixi, hozirgi holati va zamonaviyligi.
2. Matematik tushunchalarni rivojlantirishga dasturlashga oid izlanishlar yo‘nalishlari.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida matematik ta’lim berish metodikasining predmeti.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

  1. Matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi nazariyasining tarixi, hozirgi holati va zamonaviyligi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni va “Ilk qadam” Davlat o'quv dasturi talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirishda ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga tayyorlashdan iborat.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishning asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligini oshirishdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda miqdor va son, buyumlarning katta ligi va shakli, geometrik figuralar haqidagi tushunchalarni shakllantirish uchun bir xil harakat usullarini har xil vaziyatlarda va turli ko‘rgazmali materiallar bilan ko‘p martalab aytib ko‘rsatish ularni bolalar o‘zlashtirishlariga imkon beradi.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.
Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni birbiriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar.

Download 24.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling