Mavzu: Haroratni o’lchash va nazorat qilishning birlashtirilgan sistemasini tadqiq etish umumiy ma’lumotlar
Download 68.64 Kb.
|
7.Хароратни ўлчаш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.ISHNING MAQSADI
- 3.ISHNI BAJARISH TARTIBI. 1. Stendni tashqi tomondan ko’zdan kechiring va uni ishga tayyorlang. 7.1- rasm.
- 7.2 – rasm.
- 4. QISQACHA XULOSALAR
- 5. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN SAVOLLAR
Mavzu: Haroratni o’lchash va nazorat qilishning birlashtirilgan sistemasini tadqiq etish UMUMIY MA’LUMOTLAR. Ushbu laboratoriya ishida esa muhitning temperaturasini qanday qilib avtomatik nazorat qilish bilan tanishasiz. Yuqorida bayon etilgani kabi mikrokontrollerlar yordamida har qanday avtomatik boshqarish tizimlarini sxematik jihatdan loyihalash juda oson. Ammo asosiy masala esa shu boshqarish tizimining algoritmini tuzish va uning programmasini yozishdan iborat. Buning uchun esa hozirgi zamon injenerlari programmalash tillarini ham mukammal o’zlashtirishlari talab etiladi. 1.ISHNING MAQSADI. Muhitning temperaturasini avtomatik nazorat qilish systemasini o’rganish. 2.ASBOB VA USKUNALAR. Notebook, Basic Stamp Editor paket programmasi, ADC 592 temperatura datchigi, qiymati 100 Ω, 220 Ω bo’lgan rezistorlar, sig’imi 0.22 μF bo’lgan kondensator, BC547 npn turli tranzistor, kuller, piezo datchik, matritsali plata, laboratoriya stendi (7.1. - rasm). 3.ISHNI BAJARISH TARTIBI. 1. Stendni tashqi tomondan ko’zdan kechiring va uni ishga tayyorlang. 7.1- rasm. Temperaturani avtomatik nazorat qilish sxemasi. 2. Quyidagi 7.1 – rasmda keltirilgan sxemani matritsali plataga yig’ing 3. Notebookni ishga tushiring va USB portiga stendagi kabelni ulang (7.1 – rasm, 14 –pozitsiyaga qarang). 4. Stend orqa tomonida joylashgan avtomatni yoqing va stendagi tarmoq kuchlanishi necha volt ekanligiga e’tibor bering (7.1 – rasm, 6- positsiya). U odatta tarmoq kuchlanishi 220 V ko’rsatishi zarur. 5. Stendagi “2 - plata” ulab – uzgichini yoqing va 2 – plataga 5V miqdorida kuchlanishni o’rnating. Unda odatda yuklangan holda 5V bo’lishi zarur. Shuning uchun salt holatda turganda 9V atrofida kuchlanish berish zarur. 6. Kullerni “sovutgich” yozilgan tarmoqqa ulang. Unda qizil rangli kabel tarmoqning qizil uchi bilan ulanishi zarur. 7. ADC592 datchikni esa “termodatchik” yozilgan tarmoqqa ulang. 8. Quyidagi 7.2 – rasmdagi programmani yozing. ' {$STAMP BS2} ' {$PBASIC 2.5} ' Temperature measurement and control program// programm developed by Rustam Baratov, September 9, 2021 kal CON 14600 rct VAR Word TK VAR Word TC VAR Word ' Temperature measurement with probe. AD592: 'AD592 tempeature sensor code. DO LOW 5 ' Discharge the capacitor. RCTIME 5,0, rct ' Get the AD592 count. TK=kal/rct*10+(kal//rct*10/rct) ' Calculate Kelvin. TC = TK - 273 ' Calculate Celsius. DEBUG DEC rct, TAB, DEC TK, ' Display results. TAB, SDEC TC, CR PAUSE 5000 ' Back to the beginning. ' Temperature control with fan. IF TC>35 THEN ' Temperature is high, check conditions. HIGH 2 ' turn fan on. FREQOUT 0, 1000, 3500 ' turn signal on. ENDIF IF TC<32 THEN ' Temperature is low, check conditions. LOW 2 ' turn fan off. FREQOUT 0,0,0 ' turn signal off. ENDIF LOOP END 7.2 – rasm. Temperaturani avtomatik nazorat qilish programmasi. 9. Programmani “Check syntax” orqali tekshiring. 10. Agar xato yoq bo’lsa uni mikrokontrollerga yuklang. 11. Bu holda DEBUG terminalda temperaturaning Kelvin da va Selziy dagi qiymatlari paydo bo’ladi. 12.Termodatchikni qo’lingizga oling va uni qattiq qisgan holda Notebook ekranidagi temperatura qiymatining o’zgarishini kuzating. 13.Insonning tana temperaturasi 360C ekanligini bilamiz va shuning uchun termodatchigimizni qattiq ushlab turgan holda uning temperaturasi orta boshlaydi. 14. Avtomatik nazorat tizimida yuqori kritik temperatura sifatida 350C, past kritik temperatura esa 320C qiymatlar programmaga kiritilgan. Shuning uchun bu avtomatik nazorat tizimi shu ikki temperatura diapazonida ishlaydi. 15. Ekranda temperatura qiymati 350C dan ortgandan keyin piezo datchik ogohlantirish signalini chala boshlaydi va avtomatik ravishda sovitish tizimi, kuller ishga tushadi. Ushbu holatni diqqat bilan kuzating. 16. Termodatchikni kuller yoniga olib keling va uning sovishini kuzating. Ekranda temperature o’zgarishini kuzating. 17.Datchik temperaturasi 320C dan pastga tushganda kullerning avtomatik ravishda ishlashdan to’xtashini kuzating. 4. QISQACHA XULOSALAR Ushbu laboratoriya ishida siz muhitning temperaturasini avtomatik boshqarish sistemasi, uning elektr sxemasi, avtomatik boshqarishning programma vositasi bilan tanishdingiz. Unda ob’ektning nazorat qilinishi zarur bo’lgan maksimum va minimum qiymatlari mavjud bo’lib bu sistema shu diapazonda ishlaydi. Texnologik jarayonning talabiga qarab siz ushbu diapazonni har qanday qiymatga o’zgartirishingiz mumkin. 5. MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN SAVOLLAR 1. Ushbu avtomatik boshqarish tizimida teskari aloqa mavjudmi? 2. Programmada TK va TC belgilar nimani anglatadi? 3.Programmada nazorat qilinadigan temperatura diapazoni qaysi komanda yordamida yoziladi? 4.Teskari aloqali boshqarish sistemasi qanday texnologik jarayonlarni boshqarish uchun ishlatiladi? 5. Piezo datchik ovozi nimaga bog’liq va uni o’zgartirish mumkinmi? 6. Piezo datchik ishlash prinsipi qanday hodisaga asoslangan?32> Download 68.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling