Mavzu: haskashlar vazifasi va turlari,haskashlarniung tuzilishi va ish jarayoni
Download 0.52 Mb.
|
HASKASHLAR VAZIFASI VA TURLARI,HASKASHLARNIUNG TUZILISHI VA ISH JARAYONI
MAVZU: HASKASHLAR VAZIFASI VA TURLARI,HASKASHLARNIUNG TUZILISHI VA ISH JARAYONI REJA: 1. Xaskashlarning vazifasi va turlari 2.Xaskash apparatlarining tuzilishi va ish jarayoni 3 Xaskashlarning tuzilishi va ish jarayoni Xaskashlar о‘rilgan о‘tlarni titkilash, qator uyumlarga tо‘dalash va qator uyumlarni ag‘darish uchun qо‘llaniladi. Qator uyumlar hosil qilish xarakteriga kо‘ra xaskashlar kо‘ndalang va yonlamalarga bо‘linadi. Kо‘ndalang xaskashlar agregat harakat yо‘nalishiga kо‘ndalang joylashgan qator uyumlar, yonlamalar esa bо‘ylama joylashgan qator uyumlar hosil qiladi. Haskashlar ish organi turiga kо‘ra tishli (kо‘ndalang haskashlar), barabanli va g‘ildirak-barmoqlilarga bо‘linadi. Tortish turiga kо‘ra traktor va ot bilan tortiladigan xaskashlarga farqlanadi. Traktor bilan tortiladigan xaskashlar tirkama, yarim osma va osmalarga bо‘linadi. Kо‘ndalang xaskashlarning tishli xaskash apparati aylana yoyi yoki logarifmik spiral bо‘yicha egilgan tishlar 1 dan iborat bо‘lib (196-rasm), ular kо‘ndalang brus 2 ga tutqichlar yordamida mahkamlangan. Tishlar o’rnatilgan bruslar rama 4 ning kronshteyni 3 ga sharnirli mahkamlangan. Tishlar bо‘shliq hosil qiladi va tо‘dalashda ushbu bо‘shliqda uyum hosil bо‘ladi. Bu bо‘shliqning yuqori qismida tozalash xivichlari 5 joylashgan. Ish jarayonida tishlar bilan yig‘ilayotgan pichan xaskash apparatining botiq qismida yig‘iladi. Bu bо‘shliq tо‘lgandan sо‘ng, kо‘tarish mexanizmi qо‘shiladi. Mexanizm qо‘shilgandan keyin, kо‘tarish vali 6 aylana boshlaydi va u krivoship 7 va kо‘tarish tortqisi 8 orqali tishlar о‘rnatilgan xaskash brusini buraydi. Kо‘tarish valining yarim aylanishida tishlar yig‘ilgan pichanni uyum holida dalada qoldirib, transport holatiga о‘tadi. Shundan sо‘ng, harakat boshlanishida xaskash apparati ishchi holatiga tushiriladi. Keyingi о‘tishlarda kо‘tarish mexanizmini yangi hosil bо‘layotgan uyumlar avvalgi о‘tishda hosil bо‘lgan uyumlar qarama-qarshisida joylashadigan qilib qо‘shish kerak. О‘tlarni tо‘liq yig‘ish, tо‘dalash uchun ishchi holatda tishlarning uchi yerga tegib turishi kerak, transport holatida esa bir tо‘g‘ri chiziqda joylashishi zarur. Xaskash apparatining holati kо‘tarish tortqisi 8 ning uzunligini о‘zgartirib rostlanadi. G‘ildirak-barmoqli ishchi organ g‘ildirak kо‘rinishida bо‘lib, vtulka 1 (197-rasm) spitsa 2, halqa 5 da mahkamlangan va tо‘g‘in 4 dagi teshiklardan chiqarilgan prujinali barmoqlar 3 dan iborat. G‘ildiraklar harakat yо‘nalishiga nisbatan α=450 qilib о‘rnatiladi va ular ish jarayonida tuproqqa tayanadi. Buning natijasida g‘altaklar aylanadi, ularning barmoqlari ishchi holatida g‘altaklarning aylanish о‘qlariga parallel yо‘nalishga yaqin harakatlanadi. G‘ildiraklar bilan yig‘ilayotgan pichan ham shu yо‘nalishda harakatlanadi. Ish sifati g‘ildirakning tuproqqa berayotgan bosimiga bog‘liq. Qator uyumlashda ham, qator uyumni ag‘darishda ham bosim yetarlichi bо‘lmasa, u uyumni uzilishlarga, sochib ketishlarga olib keladi. Mabodo bosim ortiqcha bо‘lsa pichanni tuproq bilan ifloslanishiga olib keladi. Kerakli bosimni ish sharoitidan kelib chiqqan holda amortizatsiya prujinalarini rostlab ta’minlanadi. Kо‘ndalang xaskash GP-14 о‘lcham bо‘yicha katta dalalardagi pichanni qator uyumlariga tо‘dalash uchun mо‘ljallangan. Ular tirkama spitsa 7 li rama 9 (198-rasm), yurish g‘ildiraklari 3, xaskash apparati 8 va xaskash apparatini kо‘tarish mexanizmidan iborat. Rama uchta payvandlangan, quvursimon, о‘zaro sharnirli biriktirilgan sektsiyalardan iborat. О‘rtadagi sektsiyadagi xaskashni traktorga taqish uchun spitsa о‘rnatilgan. Yon sektsiyalar о‘zi о‘rnashuvchan g‘ildiraklar 1 ga tayanadi. Har qaysi sektsiyaga ikkita xaskash brusi о‘rnatilgan. Xaskash apparatini kо‘tarish mexanizmi yurish g‘ildiraklariga о‘rnatilgan ikkita yacheykali avtomat 4, xaskash brusini burish tо‘rt zvenoli mexanizmi 2, ikkita tortqi 6 li avtomatlarni qо‘shish yelkasi 5 lardan iborat. Xaskashlarni qamrash kengligi 14 m; massasi 1100 kg; ish unumdorligi 11,5 ga/soat. Kо‘ndalang xaskashlar GP2-14A sharnirli biriktirilgan tо‘rtta sektsiyadan iborat bо‘lib, u traktorga tirkama yordamida taqiladi. Xaskash apparatini kо‘tarish va tushirish mexanizmini harakatga keltirish gidravlik usulda amalga oshiriladi. Qamrash kengligi 14 m; massasi 1050 kg; ish unumdorligi 12,6 ga/soat. G‘ildirak-barmoqli qator uyumlar hosil qilish xaskashi GVK-6A ekilgan hamda yuqori hosilli tabiiy о‘tlarni yig‘ishda qatorlarga uyumlash, qatorlar uyumlarini titkilash, qator uyumlarni ag‘darish uchun mо‘ljallangan. Mashina ikkita (chap va о‘ng) tuzilishi bir xil sektsiyalardan, tirkama 7 (199-rasm) va ikkita ajratuvchi g‘ildirak 6 lardan iborat. Har bir sektsiya ikkita tayanch g‘ildirak 1 li rama 2 ga, oldingi 3 va orqadagi 4 bruslarga, tayanch quvur 5, oltita g‘ildirak- barmoqli ishchi organlar va ularni kо‘tarish mexanizmiga ega. Pichanni qator uyumlashda sektsiyalarni harakat yо‘nalishiga nisbatan 45° burchak ostida о‘rnatiladi. Bunda qator uyumlovchi g‘ildiraklar sektsiyalar tomonidan tashkil etilgan burchak ichida bо‘lib, traktor tomonga qaragan bо‘ladi. Pichanni titkilashda esa sektsiyalar burchak ostida oldinga qilib о‘rnatiladi. Buning uchun sektsiyalar tayanch quvurlari sharnirlari atrofida 90° ga buriladi. Chap va о‘ng sektsiyalar bir-biridan alohida holda ishlashi mumkin. Qator uyumlarni ag‘darish mashinaning bitta sektsiyasi bilan bajariladi. Xaskashlarning qamrash kengligi 6 m (bitta sektsiyaniki 2,5 m); ish unumdorligi 5,4 ga/soat; massasi 900 kg. Yig‘gichlar pichanni qator uyumlaridan yig‘ish uchun xizmat qiladi. Mashina bilan bajariladigan ishga kо‘ra ular yig‘gich-g‘aramlagich, yig‘gich-maydalagich; yig‘gich-yuklagich va yig‘gich-zichlagichlarga bо‘linadi. Yig‘ish apparatlarining kо‘rinishidan kelib chiqib, yig‘gichlarni elevatorli va barabanli ikki xil turi mavjud. Barabanlar boshqariluvchan barmoqli va qо‘zg‘almas kojuxli yoki yetaklanuvchi barmoqli va aylanuvchi kojuxli bо‘ladi. Elevatorlilar tasma (polotno)-plankali va zanjir-plankali bо‘lib, ularda plankalar qattiq yoki sharnirli mahkamlangan bо‘ladi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling