Mavzu: havo va suvdagi mikroorganizmlarni aniqlash usullari


Havoni sanitar-mikrobiologik tekshirish


Download 65.5 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1729135
1   2
Bog'liq
SANOAT MIKROBIOLOGIYASI 3-4-AMALIY MASHG\'ULOT 2023

Havoni sanitar-mikrobiologik tekshirish. Havoni miqdoriy mikrobiologik tekshirish usullari sedimentasiya (cho‘ktirish), aspirasiya yoki filtrlash prinsipiga asoslangan. Havo mikroflorasini tekshirish ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalish atmosfera xavosiga sanitar-bakteriologik baho berish. Atmosfera havosida SKB (stafilokokk va streptokokk) 3,7% xollardagina aniqlanadi, asosan bu zonalarda odamlar (shaharlar) ko‘p to‘planishi, zich yashashlari mumkin. Havo mikroflorasida asosan tuproq mikroflorasi domenantlik qiladi.Atmosfera havosining bakterial ifloslanganligini boholaydigan normativlar yo‘q. Yopiq xonalar havosini sanitar-bakteriologik jihatdan tekshirish planli tartibda yaslilar va bolalar bog‘chalarida, maktablar, kasalxonalar, operasiya xonalari, dorixonalar, kinoteatrlarda olib boriladi. Davolash muasassalarining havosi har bir kvartalda bir marotiba davlat SES tamonidan joriy tekshiruv o‘tkaziladi. Kasalxona bakteriologik laboratoriyasi esa epid ko‘rsatma asosida har oyda bir marotiba joriy tekshiruv o‘tkazadi. Gigienik va epidemiyaga qarshi o‘tkazilayotgan joriy tekshiruvlarda 1m³ havosidagi UMS (umumiy mikroblar soni) va SKB (oltinsimon stafilokokk, gemolitik streptokokk va gram manfiy tayoqchalar, zamburug‘lar (aptekalarda) aniqlanadi. Kasalxona xonalari havosida asosan oltinsimon stafilokokk, gemolitik streptokokklar 70-30% xollarda uchraydi. Shu bilan bir qatorda operasiya oldi, operasiya zallarida, operasiyadan kiyingi palatalarda, tug‘riq zallarida va reonimasiyalarda bu mikroorganizimlar topilmasligi kerak. Havo mikroflorasiga sanitar–bakteriologik baho berishda quyidagi usullar qo‘llaniladi.
Sedimentasion ( Kox usuli) usul. Asosan yopiq xonalar havosini tekshirishda qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, oziqli agar kuyilgap Petri kosachasi xonani bir necha joyiga ochiq holda ma‘lum vaqtga ochiq qoldiriladi ( ko‘proq 20-30 min.). So‘nggi 37°C da termostatga joylashtiriladi. Tekshirilayotgan xonalarda topilgan UMS 250 dan kam koloniya o‘sib chiqsa, havo toza hisoblanadi. Koloniyalar soni 250-500 ta bo‘lsa, havo o‘rtacha ifloslangan, agar 500 dap ortiq bo‘lsa nihoyatda ifloslangan bo‘ladi.
Aspirasion usul. Bu havodagi UMS aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi. Havoni tekshirish uchun boshqa apparatlardan (Dyakov, Rechmenskiy, Kiktenko, PAB-1 aerozol bakteriologik namuna oluvchi, POV-1 havodan tekshirish uchun namuna oluvchi apparat) ham foydalaniladi. Bu aparatlar yordamida ma‘lum hajmdagi havo, suyuqlik yoki filtrlardan o‘tkaziladi. So‘ngra o‘lchab, oziqli muhitga ekiladi. PAB-1 va POV-1 apparatlari yordamida ko‘p hajmdagi havoni tekshirish orqali patogen bakteriya va viruslarni topish mumkin. Hozirgi vaqtda kasalxonalar ichida yuqadigan infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmish patogen va shartli-patogen baktsriyalarii (stafilokokklar, ko‘k-yiring tayoqchalari va boshqa grammanfiy bakteriyalar) bevosita jarrohlik, akusher-ginekologik va boshqa bo‘limlarning havosini tekshirish mobaynida topish mumkin. Kasalxona ichida stafilokokk etiologiyali infeksiya paydo bo‘lganida, tekshirishlar infeksiya manbaini, tarqalish yo‘llarini aiiqlashga qaratiladi. Atrof-muhitdagi ob‘ektlardan, shuningdek bemorlar va kasalxona xizmatchilardan ajratib olingan stafilokokk kulturasi na‘munasini bir xilligini ularni fagotiplarini tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling