Mavzu: Haydovchi oʻrindigʻini sozlash va boshqarish tizimlaridan toʻgʻri foydalanish
Download 81.24 Kb.
|
ATRABOTKA Yoʻl harakati qoidalari Bektemirov Abduholiq
Mavzu: Haydovchi oʻrindigʻini sozlash va boshqarish tizimlaridan toʻgʻri foydalanish..Reja:
Haydovchining ish joyiga to‘g‘ri o‘tirishi deb, haydovchi gavdasi orqa qismining o‘rindiqqa to‘laligicha jipslanishi, oyoqlarining bemalol tepki (pedal)larga yetishi, rul chambaragini ushlaganda qo‘llarning tirsaklari biroz bukilgan bo‘lishi kerak. Bu holat haydovchi toliqishining oldini oladi. Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rayotganda kiyim qulay bo‘lishi zarur. Qishki yuqori kiyimlarni yechib qo‘ygan ma’qul. Ayollarga boshlang‘ich amaliy mashg‘ulotlarda baland poshnali oyoq kiyim kiymaganlari ma’qul, taqinchoqlari boshqarishga xalaqit beradigan holatda ularni yechib qo‘yishi lozim Qoidaga ko‘ra tinglovchi avtomobilni amaliy boshqarishni o‘rgatadigan avtomobil markasini oldindan bilishi va bunda avtomobilni boshqarishdan oldin uning boshqaruv organlari va ularning avtomobil salonida joylashuvini diqqat bilan o‘rganib chiqishi lozim. Boshqaruv organlarining salonda joylashishi hamda ulardan foydalanish tartibini quyidagi rasmda ko‘rib chiqamiz. Rul chambaragida qo‘l biroz tirsakdan egilgan holatda chambarak gardishini pastidan to‘rtta va ustidan bosh barmoq bilan tutishi kerak. Chap qo‘lining harakatlanish maydoni soat raqamlarining 8-10, o‘ng qo‘liniki 2-4 raqamiga to‘g‘ri kelishi kerak. To‘g‘ri holat (soat 2-3 va 8-9). Rul chambaragini ikki qo‘l bilan tutish kerak, juda zarur bo‘lganda qattiq ushlash mumkin (notekis yo‘l, sirpanchiq va boshqalarda). Burilishlarda rulni pastga bosish kerak (chapga yoki o‘nga burishda), hech qachon yuqoriga itarish yaramaydi. Ilashish mexanizmi tepkisini tez (keskin emas) bosish va ravon bo‘shatish kerak. Keskin bo‘shatgan tepki avtomobilni sakrab harakatla- nishga yoki dvigatelni ishdan to‘xtatishga olib keladi. Rul chambaragini 900 gacha burganda qo‘l rul gardishi bilan birga kerakligicha buriladi, qo‘lni o‘rnini almashtirishga hojat qolmaydi, keyinchalik rul yana avvalgi holatga qaytadi Download 81.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling