Mavzu: Hayol haqida tushuncha
Download 53.63 Kb.
|
mustaqil ish1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.1.Savol bayoni. Hayol xaqida tushuncha.
Mavzu: Hayol haqida tushuncha 10.2.Hayol turlari. 10.3.Hayolning analitik –sintetik faoliyati. 10.4 Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya. Tayanch tushunchalar. Agglyutsinatsiya, aktsentirovka, noreal, fantaziya, ijodiy, yaratuvchi, qayta tiklovchi giperbolezatsiya, tipizatsiya. 12.1.Savol bayoni. Hayol xaqida tushuncha. Hayol o’zining faolligi bilan atrofmuhitni o’zgartirishga yo’naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi. Hayol ong faoliyatidir. Bu faoliyat ilgari biz idrok kilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va xodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi. Hayol xam aloxida psixik jarayon sifatida shaxsga narsa va xodisalarning moxiyati xususidagi tajribasi yoki bilimi yetishmagan sharoitlarda ruyo beradigan aks ettirish xodisasidir. Demak, hayol-yangi obrazlar va taxminlarning shakllanishi jarayoni bo’lsa, unga yaqin bo’lgan yana bir tushincha-fantaziya-hayolning borlikdan, xakikatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir. Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mexnatning ozirgi va oraliq maxsulotlarida uz ifodasini topadi. Hayol mexnat natijalarini narsalarga gavdalashtirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan xollarda ish harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga hayol aktiv faolitini programmalashtiruvchi emas, balki uning urnini almashtiruvchi obrazlar xosil qilish vositasi sifatida yuzaga chikadi. Hayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muxim vazifasi shundan iboratki, u mexnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayolning muhim tomonlaridan biri — uning ijodiyot va shaxs munosabatining yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralarini ro’yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan shaxs o’zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o’z ulushini qo’shadi va sivshshzatsiyaga o’z ta’sirini o’tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, irodaviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa individualtipologik xususnyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o’tkazadi. Ijodiyot tarkiblari bilan shaxsning xususiyatlari o’rtasidagi uyg’unlikning yuzaga kelishi ikkiyoqlama ta’sir o’tkazish mexanizmi sifatida muhim rolь o’ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o’zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Download 53.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling