Mavzu: Hayol haqida tushuncha


Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari


Download 53.63 Kb.
bet8/16
Sana24.01.2023
Hajmi53.63 Kb.
#1117925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
mustaqil ish1

Maqsadsiz samarali esda olib qolishning shartlari: kuchli ahamiyatli tabiiy seskantiruvchilar; yuqori yo‘nalishli faoliyatni yuzaga keltiruvchilar (harakt jarayonini to‘xtatish yoki tiklash, hodisaning noodatiyligi); ushbu odam uchun ahamiyatga ega bo‘lgan seskantiruvchilar (kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan jismlar); alohida emotsional tusga ega bo‘lgan seskantiruvchilar; ushbu inson ehtiyojlariga kuchliroq bog‘langanlari; faol harakat ob’ekti bo‘lib hisoblanganlari
Samarali ixtiyoriy esda olib qolishning shartlariga materialning ahamiyatliligi va mohiyatini anglash; uning tuzilishi, tarkibiy qism va elementlari o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni aniqlash; so‘z-matnli materialda reja, ayanch so‘zlarni belgilash, materialni chizma, jadval ko‘rinishida taqdim etish; materialning mazmundorligi va hammabopligi, uning inson yo‘nalishi va shaxsiy tajribasi bilan solishtirilishi; materialning hissiyotli-estetik boyitilganligi; ushbu materialning ma’lum sharoitlarda eslashning zarurligiga moyillik; ushbu materialning amaliyotda qo‘llash imkoniyati; materialning ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarga erishish, masalalarni hal etish vositasi, faol aqliy faoliyatning ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishi.
Xotiraning navbatdagi jarayoni – yodda saqlab qolish. Bu idrok qiingan ma’lumotni ma’lum muddatgacha esda saqlab qolishdan iborat bo‘lgan xotira jarayoni. Esda saqlab qolish xotira jarani sifatida o‘zining qonuniyatlariga ega. Masalan, esda saqlab qolishning dinamik va statik bo‘lishi aniqlangan. Dinamik esda saqlab qolishoperativ xotirada, statik – aksincha, uzoq vaqtli xotirada namoyon bo‘ladi. Dinamik esda saqlashda material kam o‘zgaradi, statikda, aksincha, u albatta, o‘zgarish va ma’lum qayta tiklanishga uchraydi.Qayta tiklanish turli sharoitlarda, masalan, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarning yo‘qolishi va ularning boshqa qismlar bilan almashtirilishi, material izchilligining o‘zgarishida, uning umumlashtirilish darajasida ifodalanadi.
Materialni xotirada tiklash eslash va tanish jarayonlari yordamida amalaga oshiriladi.
Eslash – bu xotiradagi materialdan keyingi faoliyatda foydalanish. Eslashning fiziologik asosini jism va harakatlarni idrok qilishda avval hosil bo‘lgan nerv aloqalarini tiklash tashkil etadi. Eslash maqsadsiz (ixtiyorsiz) va maqsadli (ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda eslash biz uchun kutilmaganda sodir bo‘ladi. Masalan, o‘qigan maktabimiz yonidan o‘tib keta turib, beixtiyor bizga ta’lim bergan o‘qituvchi yoki maktabdosh do‘stlarning obrazlarini namoyon qilishimiz mumkin.
Unutish – avval idrok qilingan ma’lumotni tiklash imkoniyatining mavjud emasligida ifodalanadigan xotira jarayoni. Unutishning fiziologik asosini vaqtinchalik nerv aloqalarini dolzarblashishiga halaqit beruvchi po‘stloqdagi tormozlanishning ba’zi turlari tashkil etadi. Ko‘pincha bu mustahkamlanishlarsiz rivojlanadigan so‘nuvchi tormozlanishdan iborat bo‘ladi. Unutish ikki asosiy shakl: a) eslash yoki bilish imkoniyatining mavjud emasligida; b) noto‘g‘ri eslash yoki tanishda namoyon bo‘ladi. To‘liq eslash va to‘liq yoddan chiqarish o‘rtasida eslash va tanishning turli darajalari mavjud bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotchilar ularni «xotira darajalari» deb ataydilar. bunday darajalarga quyidagilar kiradi: a) eslash xotirasi; b) tanuvchi xotira; v) engillashtiruvchi xotira. Masalan, o‘quvchi she’rni yod oldi. Agar biroz vaqtdan so‘ng uni bexato aytib bera olsa, – bu xotiraning eng yuqori, birinchi darajasi, agar o‘quvchi yod olganini aytib bera olmasa, lekin she’rni kitob bo‘yicha yoki eshitganida oson taniy olsa, – bu xotiraning ikkinchi darajasi; agar o‘quvchi mustaqil holda she’rni eslay olmasa, uni taniy olmasa, lekin takroriy yod olishda bunga birinchi marta yod olganidan kamroq vaqt ichida erisha olsa,- bu uchinchi daraja. SHunday qilib, ifodalanish darajasi o‘zgarib turishi mumkin. Unutish materialni chizmalashtirishda alohida, ba’zan ahamiyatga ega bo‘lgan qismlarini olib tashlashda, yangi tasavvurlarni odatdagi, avvalgi tasavvurlarga keltirishda ifodalanadi.

Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling