Mavzu: Hayol surish haqida tushuncha Hayol to’g’risida tushuncha. Hayol turlari
Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya
Download 33.44 Kb.
|
Hayol surish haqida tushuncha
4. Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya.
Hayolning asosiy shakli hayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida hayolning sinonimi sifatida qo’llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan e’tiboran borliqning qiyofasini o’zgartirishga yo’nalgan bo’ladi, voqelikning unsurlari o’rin almashtirish xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo’lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu yo’sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Fantaziya real voqeylikni yangi ,kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks etirishdan iboratdir. Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o’rni to’g’risida muayyan darajada ishlar qilgan, chunki sanьat va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining ijodiy faoliyatida ishtirok etuvchi hayol obrazlarining muhim xususiyatlari — bu uning emotsional kechinmalar histuyg’ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda hayol turlari, jarayonlari, shakllari kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va kashfiyotlar amalga oshirish, o’zlari yoqtirgan ishlar, muqaddas ijtimoiy hayol yo’llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do’stlik, qahramonlik, iymone’tiqod, baxt va tole to’g’risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs tomonidan tasavvur etilayotgan orzular haqiqatdan ham go’zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka qaratilgan bo’lsa, ular inson xislatiga aylanadi. Hayol xam aloxida psixik jarayon sifatida shaxsga narsa va xodisalarning moxiyati xususidagi tajribasi yoki bilimi yetishmagan sharoitlarda ruyo beradigan aks ettirish xodisasidir. Demak, hayol-yangi obrazlar va taxminlarning shakllanishi jarayoni bo’lsa, unga yaqin bo’lgan yana bir tushincha-fantaziya-hayolning borlikdan, xakikatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir. Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib, mexnatning ozirgi va oraliq maxsulotlarida uz ifodasini topadi. Hayol mexnat natijalarini narsalarga gavdalashtirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan xollarda ish harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga hayol aktiv faolitini programmalashtiruvchi emas, balki uning urnini almashtiruvchi obrazlar xosil qilish vositasi sifatida yuzaga chikadi. Hayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muxim vazifasi shundan iboratki, u mexnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayolning muhim tomonlaridan biri — uning ijodiyot va shaxs munosabatining yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralarini ro’yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan shaxs o’zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o’z ulushini qo’shadi va sivshshzatsiyaga o’z ta’sirini o’tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, irodaviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa individualtipologik xususnyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o’tkazadi. Ijodiyot tarkiblari bilan shaxsning xususiyatlari o’rtasidagi uyg’unlikning yuzaga kelishi ikkiyoqlama ta’sir o’tkazish mexanizmi sifatida muhim rolь o’ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o’zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling