Reja: Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi. Xotira jarayonlari va uning turlari


Download 0.59 Mb.
bet1/7
Sana06.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1329801
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xotira va xayol haqida tushuncha


7- Mavzu:Xotira va xayol haqida tushuncha.
REJA:
1.Xotiraning psixik jarayon sifatida o‘rganilishi. Xotira jarayonlari va uning turlari.
1.The study of memory as a mental process. Memory processes and their types.
2. Hayol haqida tushuncha. Hayol turlari va tavsifi. Hayol va tasavvurning o‘zaro aloqadorligi.
2. The concept of imagination. Types and description of imagination. The relationship between imagination and imagination.
Tayanch iboralar:sezgi, sensor adaptatsiya (moslashuv) adaptatsiya, sezgining klassifikatsiyasi, proprioretseptiv sezgilar, ekstrotseptiv, introretseptiv sezgilar, idrok, Rubin figurasi, diqqat, xotira, xayol.
Basic expressions: intuition, sensory adaptation, classification of perception, proprioceptive perception, extroceptive, introreceptive perception, perception, Ruby figure, attention, memory, imagination.
Xotiraning psixik jarayon sifatida o’rganilishi.
Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi har qanday ma’lumotni saqlab qoladi. Agar shu ma’lumot biror sabab bilan odamga kerak bo‘lmasa yoki o‘zgarmasa, u ongdan tabiiy tarzda yoladi. Lekin har doim ham bizning professional faoliyatimiz manfaatlariga mos ma’lumotlarni esda saqlash juda zarur va shuning uchun ham ko‘pchilik ataylab xotira tarbiyasi bilan shug'ullanadi. Shu o‘rinda xotira borasidagi ta’riflarga qaytsak, ko‘pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi. “Individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni уana esga tushirishi xotira deb ataladi”. Shaxsning yo'nalishi uning qiziqishida ifodalanadi.Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yaxshi esda olib qolishni ta’minlaydi. Biz ko‘pincha u yoki bu narsa haqidagi hodisalarning yomonlarini esda qoldiramiz. Bu xotiraning yomonligini emas, balki ularga qiziqish yuqligini ko‘rsatadi.Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o‘zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklari bilan emas, balki o’tilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishi-ning emotsional munosabati ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta’sirlansak, o‘sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog‘liqdir. Kuchsiz, irodasiz kishilar har doim yuzaki yomon xotirlaydilar.Aksincha, irodali, materialni o‘zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar.Samarali xotira kishi-ning umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga, fikrlash qobiliyatiga, ko‘nikma va odatlariga ham bog‘liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Shaxs o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari asosida o‘zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya’ni shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir.To‘plangan tajribadan keyin qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. “Agar sen oldingi xotiralaringni eslash qobiliyatini yotsang sen uchun hayot togaydi” James Mc.Gaugx. Psixolog sifatida huni ta’kidlash lozimki, Xotira bu-doimiy va o‘zgaruvchan hamda taqiqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar ong qanday ishlashini tushunishimizga yordam beradi. Masalan, 92 yoshli qariya insult bilan kasallangandan so'ng u oldingidek harakatlana oladi.U oilaviy albomlami ko‘rganida qarindoslarini eslay oladi, ammo kundalik yangi suhbatlarni va hatto haftaning qaysi kuni ekanini eslay olmaydi. U har safar yangiliklarni eshitganda ta’sirlanadi pochchasinng o'limini tez-tez eslaydi. Buning aksi o‘laroq Xotira Olimpadasida medallar sovrindori rus jurnalisti Shereshevskiy boshqa re’alistlar intervyularni qayd qilsa, u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki 9 tagacha bo‘lgan raqamlarni takrorlay olarmiz ammo Shereh kiv 70 tagacha bo‘lgan raqamlarni 3 soniya ichida takrorlay oladi. Budan tashqari, u raqamlarni orqadan oldinga ham osonlik bilan aytib bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni ham aniq aytib bera olgan. U shunday boshlagan: “Biz stol atrofida ftin edik siz kursida kulrang kastyum kiygan holda o‘tirgan edingiz va menga mana
bunday holatda qarayotgan edingiz”.Ajablanarli holat shunday emasmi? Siz ham imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar ko’rinishlar, turli joylar, turli ta’m va hidlar mavjud. Tasavvur qiling, siz 2500 ta yuzlar va joylarni har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib ko‘rdin-giz. Keyinroq esa oldingisi-ga o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor bering. Ralf Xabeming axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keyingi tajriba. Tasavvur qiling, siz oldin shakli aniq bo‘lmagan, har tomonlarga chizilgan rasmni ko‘rdingiz, so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz. David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq obyektlarni ko‘rish va eslab qolish noaniqlariga nisbatan oson va tez. Xotira tadqiqotchilari 1asrdan ko‘proq vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob izlamoqda: qanday qilib biz xotira yutuqlariga erishishimiz mumkin? Nima uchun biz, hatto, bir daqiqa oldin uchrashgan insonimizning ismini unutib qo‘yamiz? Xotiralar miyada qanday saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, istalmagan hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki shaxsning xotirasida turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin? Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralari. Bular miyaga kirayotgan xabarning turiga bog‘liq. Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina fikricha:barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish bo‘yicha mavjud sezgidir. Vizual xotira cheksizdir.Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlami berib ulami ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan.Va hatto 3 oydan so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% eshitgan-da, 20% eshitganda, 30% ib-eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz. O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum usullarning majmuyi mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish mumkin.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling