Mavzu: Hayol surish haqida tushuncha Hayol to’g’risida tushuncha. Hayol turlari
Hayolning analitik –sintetik faoliyati
Download 33.44 Kb.
|
Hayol surish haqida tushuncha
3. Hayolning analitik –sintetik faoliyati.
Hayolning analitik xususiyati bo’yicha nemischa « tendens», lotincha «tendyege» kelib chiqqan bo’lib, psixologiyaning tarixiy taraqqiyoti davomida har xil ko’rinishlarda hukm surib kelmokda. Analitik holat hayolning mazmunini, mohiyatini, predmetini, asosan, tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, timsollar, tasvirlar yaratilishidan, atrofmuhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Yangilik elementlari, ba’zi jabhalarining qo’shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qilinishi hayolning asosiy vazifasi ekanligi g’oyasini aks ettiruvchi tendensiya psixologiya fanida aksariyat ilmiy maktablar tomonidan tan olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida qat’iy ravishda ximoya qilinib kelinmoqsa. Ikkinchi tendensiya biosfera va neosfera to’g’risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, timsollar ijtimoiytarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali hayol mahsuli sifatida saqlanib keladi, degan g’oyaga asoslanadi. Bu tendensiyada obrazlarning tiklanishi, saqlanishi, kuchayishi yoki o’chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda inson xotirasida, ko’z o’ngida namoyon bo’lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat uchun birlamchi ekanligi isbotlashga harakat qilinadi. Har ikkala tendensiya ham hayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo’lib, o’zaro bir-birini inkor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. Shuning uchun ijodiy hayol yangi obrazlarni vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo’shadi, yaqqol voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar, chizg’ilar tasviri hamda tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi. Tiklovchi hayol insoniyat tomonidan oldiN yaratilgan narsalar va hodisalar to’g’risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joylanishiga muhim ta’sir etadi, o’zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo’jizasini dogda qoldiradi. Har ikkala tendensiya uyg’unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi hayol turlari vazifasiga, ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mumkin. Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlichi yakun, o’zgacha mazmun, alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir. Hayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Hayolning sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. agglutinare yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga qo’shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini yaratishdan iborat hayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. huperbo1ye bo’rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «schema» obraz, shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «tupos» iz, chiziq degan ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o’xshatma muayyan narsalarga nisbatan qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish kabilar. Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv jarayonining soddaroq ko’rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti va faoliyatida ro’yrost yaxlitlashtirish imkoniyati yo’q xilmaxil xislatlar, fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks ettiradi. Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalqtomonidan yaratilgan ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki hayoliy kompozitsiyasi to’qib chiqariladi (lotincha sotrozSho tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan, bulbuligo’yo odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, sochi yashil suv o’tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) va boshqalar. Giperbolizatsiya fenomeni hayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini o’zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o’xshash psixik jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat haddan ziyod kattalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqsek kichik balo, uydek tuxum, tog’dek pahlavon, tarikdek bola, tuyadek burga va hokazo) bilan tavsiflanibgina qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) miqsorini ko’paytirish yoki ularning o’rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masalan, yetti boshli ajdarlar, ko’pqo’lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, quyosh nurini to’sgan afsonaviy qushlar shular jumlasidandir. Sxematizatsiya fenomeni hayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati mavjud vositalardan biri hisoblanib, u borliqsagi narsa va hodisalarning u yoki bu alomatlari hamda sifatlarini ta’kidlashdan, shuningdek, ularga butun diqqate’tiborni markazlashtirishdan iborat psixik jarayondir. Xuddi shu usul, yo’l, vosita yordami bilan muayyan yaqqol insonlarga mo’ljallangan o’rtoqlik hazillari (sharji fransuzcha sЬag^ye so’zidan olingan bo’lib, bo’rttirish degan ma’noni anglatadi) va achchiq, ayanchli, kulgili tasvirlar (karikatura italyancha «sapsaShga» qayta mujassamlashuv degan ma’noni anglatadi. Mazkur jarayonda hayolot (fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o’zaro birlashib ketishi natijasida tafovutlar qariyb yo’qrladi, o’xshashlik alomatlari esa birlamchi voqelikka aylanadi, qolaversa, ushbu holat sxematizatsiyalashni ro’yobga chiqishiga qulay negiz hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qushlar olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan haqiqiy asbob ishlab chiqishi; rassom tabiat mo’jizalarining matoga tushirishi yaqqol misoldir. Tipizatsiya fenomeni yordami bilan hayolda tasavvurlar sintezi ro’yobga chiqishi mumkin. Odatda, badiiy adabiyotda tipizatsiya yoki tipiklashtirishdan keng ko’lamda foydalaniladi xamda uning yordamida ba’zi bir jabhalari bilan o’zaro o’xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assotsiatsiyalar orqali paydo bo’ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiyalar jarayonida o’zlashtirilgan yo’nalish bo’ysunadi. Ijodiy hayol o’ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan eng muhimi assotsiatsiyalarning an’anaviy yo’lyo’rig’idan voz kechib, ijodkor ruhiyatida favquloddalik qilayotgan histuyg’ular, o’yfikrlar, xohishistaklarga tobe etishdir. Vaholanki, assotsiatsiyalarning o’xshashlik, yondoshlik, qarama-qarshilik (kontrastlik) ko’rinishlari saqlanib qolsada, lekin tasavvurlarni saralash esa sababiy bog’lanish mexanizmi bilan tavsiflanadi. Ijodkor (shoir, yozuvchi, rassom) asarida assotsiatsiyalar chizgisi paydo bo’ladi, ularning vujudga kelishiga asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi. Nerv sistemasi kasallanishi natijasida, fantaziya obrazlari ko’pincha real idrok qilingan, narsalardek kuchli va yorkin bo’ladi, gallyutsinatsiyaga (alaxsirashga) aylanadi. Gallyutsinatsiyaning uzi aslda hayolning kuchli namoyon bulishidir. Bunday xolatda hayoliy obrazlar kishining nazarida xudi idrok kilinayotgan obrazlardek gavdalanadi. Nerv sistemasi kasallanishi natijasida ko’pincha real narsalarni xam kishi notugri idrok qiladi - illyuziya xosil bo’ladi. Voqelikni tugri aks ettirgan hayoliy obrazlar real obrazlar deb aytiladi. Bu obrazlarni yaratuvchi hayol real hayol deyiladi. Fantaziya obrazlarining paydo bulishi odam miyasi faoliyatning natijasidir. Hayol boshqa xamma psixzik jarayonlar kabi, katta miya yarim sharlari pustlok kismining funksiyasi xisoblanadi. Fantaziya obrazlarining tarkib topishi va ularni faoliyat jarayonlariga kushishga miya yarim sharlari pusti bilan birga katnashuvchi miyaning ana shunday chukur kismlari – gipotalam-limbik sistemasidir. (Gipotalamus uning kadimgi pustlok va pustlok osti kismlari bilan bog’lanishi miya stvolining yarim sharlarga chikaverishida, oldingi kismi atrofida «limb» yoki chegara xosil qiladi.) Eksperimentlar bilan shular aniqlanganki, gipotalam-elimbik sistema zararlanganda, odam psixikasida uziga xos buzilish sodir bo’ladi: odamninng xatti-harakatlari guyo ma’lum programma bilan boshqarilmayotgan va bir-biri bilan bog’lanmagan, aloxida-aloxida, shu bilan birga uz-uzicha yetarli darajada murakkab va bir butun xarkatlardan iboratdek tasavvur tugiladi. Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling