Mavzu: hayvonot dunyosini muhofaza qilish
Download 238.04 Kb. Pdf ko'rish
|
4YH-UlEp6KN8HujL8Vk3SDlrVK9Lj2X7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
MAVZU: HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH (MILLIY BOG’LAR, BUYURTMALAR, “QIZIL KITOB) Reja: 1. Biologik xilma-xillik. 2. Milliy bog’lar, buyurtmalar, hayvonot bog’lar. 3. O’zbekiston hayvonot dunyosi va uning ekologik holati. 4. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish chora tadbirlari
milliy bog’lar, buyurtmalar, hayvonot bog’lari haqida bilimga ega bo’lish.
hayvonlar aks etgan rasmlar. Nazariy material: Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir. Ma’lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo’y, echki, to’ng’iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo’jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni qo’riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi. Tabiat qo’ynida yovvoyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o’ziga xos foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo’yna, dorivor vositalar, oziq- ovqat mahsulotlari, jun olinadi. Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko’p bo’lib, ularning bir yarim milliondan ziyod turi bor. O’simliklarni changlanishida, urug’ va mevalarini tarqatishda ham hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zararkunandalarni (kemiruvchilarni) qirib, o’simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba’zi hasharotlar o’simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo’q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar o’rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. Shuni aytish kerakki O’zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik muhofaza qilinmasin va ularning ko’payishiga sharoit yaratib berilgan bo’lmasin goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi. O’lka hududidan turon yo’lbarsi, shuningdek, qizil bo’ri butunlay yo’qolib ketgan bo’lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo’l-yo’l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo’qolib ketish xavfi bor. Ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekiston hududida Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Surxon – Sherobod cho’li, Farg’ona vodiysining markaziy qismlari o’zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho’l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, jayron, go’zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bir qator go’zal jonivorlar, jumladan tog’ qo’yi, eron vidrasi, O’rta Osiyo kapcha iloni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi.
Hayvonlarning noyob va yo’qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko’payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo’qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat’iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo’l qo’ymaslik va ikkinchidan, o’sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, qo’riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur.
1. Savanna. Zebralar o’tlaydigan savanna ( Naabi Hill,Serengeti, Tanzania. (© Images of Africa/David Keith Jones.) Muhofazaga olingan hudud. Michael Begon, Colin R.Townsend, John L.Harper. Ecology: from individuals to ecosystems.UK, 2006.* *Michael Begon, Colin R.Townsend, John L.Harper. Ecology: from individuals to ecosystems.UK, 2006.
Download 238.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling