mavzu: hodimlarni innovatsion boshqarish reja


Ijtimoiy boshqaruvning yangi texnologiyalari


Download 190.99 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi190.99 Kb.
#1015251
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-маруза

5.3. Ijtimoiy boshqaruvning yangi texnologiyalari
Ijtimoiy boshqaruvning texnik-tashkiliy tomoni muvaffaqiyat mezonlarini ishlab chiqish, operativ boshqaruvning zarur texnologiya va tadbirlarini tanlashdan iborat. Loyihaviy “jamoa”ni shakllantirish tadbirlari va ijtimoiy boshqaruvga yangilik kiritish muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. “Jamoa” yoki “loyiha guruhi”ni tanlash norasmiy ijtimoiy-psixologik yondashuvlarga asoslangan.
Bu erda hamma narsa: kommunikatsiya va etakchilik muammolari, xodimlarni undovchi sabablar va epchillik bilan javob berish, kishilarning xulqini boshqarish va kutilmagan muammolar va janjalli vaziyatlarni hal etish muhimdir. “Loyiha guruhlari”ni tanlash, odatda, loyiha rahbarining zimmasiga yuklanadi. Uning vazifasiga mutaxassislarini kasbiy va ijtimoiy-psixologik sifatlari bo‘yicha tanlov kiradi.
Loyiha “jamoasi” yarim doimiy asosida shakllantiriladi, bu erda doimiy “ o‘zak” faqat ushbu muammo ustida ishlovchi mutaxassislar va “jamoa”ga vaqtincha biriktirilishi ehtimoli bo‘lgan qo‘shimcha texnik xodimlar, muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Ushbu loyiha ustida ishlash uchun “jamoa”ga berilgan resurslar, laboratoriya va tajriba uskunalari bilan manevr qilish ham keng qo‘llaniladi, ular ijaraga berish va markazlashtirilgan fonddan vaqtincha berilishi mumkin.
Tabiiyki, xodimlar “o‘zagi”, uning rahbari, vaqtinchalik jamoa va texnik mutaxassislarning vazifalari farqlanadi. Maqsadlarning birligi, faoliyat natijalaridan qat’iy nazar kasbiy va insoniy birdamlik zarurligi va foydaliligiga ishonch bunday “jamoa” faoliyatida eng muhim tamoyillardan hisoblanadi. Bunday tamoyillar asosida kelgusi shaxslararo muloqot, qulay axloqiy muhit va albatta novator ijodini qo‘llab-quvvatlash mumkin.
Innovatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan vazifalarining ko‘p jihatliligi unga turli kategoriyadagi xodimlarni kiritishni ko‘zda tutadi, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh - ijodiy tashabbuskorlikni namoyon etish, ajoyib g‘oyalarni ilgari surishga qodir yuqori malakali novator olimlar. Novator menejerlar yangilik kiritishni jarayon sifatida boshqarishlari, yangiliklarni g‘oyadan aniq tijorat natijasigacha siljishini ta’minlashlari zarur. Xuddi ular noaniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishlari, moliyaviy va tadbirkorlik tavakalchiligiga borishlari, innovatsion faoliyatni boshqarishdagi tashkiliy va psixologik qiyinchiliklarni engib o‘tishlari lozim.
Agar novator olim va loyihaning rahbari malakali xodimlar “o‘zagi”ni tashkil esa, uning yonida yangiliklarni aniq amalga oshirishi uchun javobgar xodimlarning uchinchi, eng ko‘p sonli guruhi joylashadi. Bunda “chet” innovatsion faoliyatning zaruriy tarkibiy qismi bo‘ladi. Loyihaning umumiy samaradorligi unga bog‘liq. Ko‘llab-quvvatlash tizimini ta’minlovchi malakali xodimlarning bu guruhi ko‘pincha “ilmiy darvozabonlar” yoki “bozor darvozabonlari” deb nomlanadi.
Xuddi shu xodimlar tashqi muhit va ichki imkoniyatlarni ta’minlaydilar, innovatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy faoliyatni qo‘llaydilar. YUqori rahbariyat loyiha “jamoasi”ga xodimlar harakatlari ustidan batafsil, bosqichma-bosqich va yaxlit nazoratni qo‘llash mumkin emasligini tushunishlari zarur. Bunday “jamoa“ a’zolarini faqat favqulodda holatlarda boshqa ishga ko‘chirish mumkin. Loyiha rahbarining tutgan o‘rni ham ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan muhimroq bo‘ladi. Resurslarni taqsimlash, ularni boshqarish, aniq muddatlar qo‘yish huquqi rahbar shaxsiy hokimligining hal qiluvchi standartlaridan biri hisoblanadi. Agar yuqori rahbariyat yoki xodimlar loyiha rahbarining egallagan o‘rni buzilsa, unda bunday “jamoa”ning mavjuligi amalda yo‘qoladi.
SHuning uchun novatorlik firmalari, venchurli bo‘linmalar, tatbiq etish tashkilotlarida rahbarlikning buyruqbozlik uslubi umuman mumkin emas. Loyiha guruhi a’zolarining mavqei boshqa mezonlar bilan belgilanishini tushunish kerak. Masalan, agar an’anaviy tuzilmada shaxsning ijtimoiy mavqei lavozim ierarxiyasidagi kattaligi, yuqori daromadi, ma’lumoti, xabardorlgi va tajribasi bilan belgilansa, tadqiqot guruhlarida xodimning mavqei u ilgari surayotgan g‘oyalar, uning ijodiy qobiliyati, tafakkuri kengligi, tavakkalchilikka tayyorligiga bog‘liq.
Loyiha rahbari haqida ham shuni aytish mumkin. Mavqei yuqori rahbariyatdan past bo‘lgan holda, u aniq holatni yaxshiroq bilishi, konstruktivroq g‘oyalarni ilgari surishi, loyihani tezroq amalga oshirish uchun samarali usullarni qo‘llashi mumkin.
Tadqiqot guruhlari ishida masalalarni hal etish, guruh a’zolari xulqini baholash va umuman ular ishining samaradorligiga oqilona yondashishga rioya etish zarur. Maqsadni ko‘zlash, loyihani rivojlantirish va qarorlar qabul qilishning rasmiy tezkor tizimi to‘liq oqilona yaratilishi kerak, ijodiy shaxsiy xususiyatlar, norasmiy usullar va nostandart yondashuvlarni muvofiq integratsiyalashdan iborat bo‘lishi kerak. Rejalashtirish, boshqaruv qarorlari va nazorat ichida “jamoa” ishtirokchilarini ijodiy va rolli taqsimlanishi sodir bo‘ladigan asosini yaratdi. Guruhni samarali ishlashi uchun ishonchi va hamdardligi muhitini yaratish, xodimlarni ijodga rag‘batlantirish zarur.



Download 190.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling