mavzu: hodimlarni innovatsion boshqarish reja


Mahsulot sifatining tahlili


Download 190.99 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi190.99 Kb.
#1015251
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-маруза

Mahsulot sifatining tahlili.
Ekspertiza o‘tkazishning sotsiologik usuli.
Bu usul marketing tadqiqotlarini o‘tkazish bosqichida qo‘llaniladi. Mahsulotning potensial xaridorlari ekspertlar sifatida qatnashadilar. Sotsiologik usul YAponiyada, xususan, jamiyatning muayyan qatlamlari uchun mo‘ljallangan avtomobillarni loyihalashda keng tarqaldi.
Soddaroq vazifani qanday bajarishni ko‘rib chiqamiz, misol uchun, elektr dazmolning qanday talablarni qondirishi kerakligini ko‘rib chiqamiz va bu maqsadda so‘rov varag‘ini tayyorlaymiz. Ko‘rsatkichlarning qatorini shaxsiy tajriba yoki firma asosida ko‘rsatamiz, ba’zilarini esa xaridorlarning ko‘rib chiqishiga qoldiramiz.
To‘langan pochta xabarlaridan foydalanib, savdo nuqtalarida potensial xaridorlar bilan muomala qilib, varoqlarning to‘ldirilishini o‘tkazamiz. Faraz qilaylik, so‘rov natijalari 11.1 jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda aks etgan.
Jadvalda baholarning o‘rtacha miqdorlari ballarda va bu ko‘rsatkichni baholagan so‘rov qilingan potensial xaridorlar soni ko‘rsatilgan. Baholash o‘n ballik tizimda amalga oshirildi. Qayd qilamizki, so‘ralganlarning hech biri hamma ko‘rsatkichlarni baholashmagan, chunki iste’molchilar dazmolning barcha sifatlariga katta e’tibor qaratmaydilar.
Bu ma’lumotni quyidagi tartibda qayta ishlash lozim. Ko‘rinib turibdiki, o‘rtacha ball va unga fikrini bildirgan bo‘lajak xaridorlar sonini hisobga olish kerak. Bu maqsadda har bir ko‘rsatkichni baholash ballarining yig‘indilari va ballarning umumiy yig‘indisini aniqlaymiz. Bu ularning munosabatini belgilash va shu tarzda har bir sifat ko‘rsatkichining vazn koeffitsientlarini aniqlashga imkon beradi. Xususan, 11.2 jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, nisbatan kichik vazn - 0,5 kg muhim ko‘rsatkich, unga iste’molchilar jami sifat baholarining 10,71% i darajasida e’tibor beradilar.

Sifat ko‘rsatkichlarining hamma vazn koeffitsientlarini hisoblaymiz va qo‘shish natijalarini tekshiramiz:


q = (476/4444,8) + (342/4444,8) + (90/4444,8) + (403/4444,8) + (486/4444,8) + (175/4444,8) + (216/4444,8) + (450/4444,8) + (180/4444,8) + (480/4444,8) + (183/4444,8) + (320/4444,8) + (497/4444,8) + (20,8/4444,8) + (126/4444,8) = 0,1071 + 0,0769 + 0,0202 + 0,0906 + 0,1093 + 0,0393 + 0,0485 + 0,1012 + 0,0405 + 0,1079 + 0,0411 + 0,0719 + 0,1118 + 0,0047 + 0,0283 = 0,99983. Dazmollarning potensial xaridorlarini so‘rov qilish natijalari.




Download 190.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling