Mavzu: hodisa tushunchasi. Hodisalar ustida amallar


Download 25.23 Kb.
bet4/4
Sana23.12.2022
Hajmi25.23 Kb.
#1047064
1   2   3   4
Bog'liq
2 amaliy mashg\'ulot HODISA TUSHUNCHASI HODISALAR USTIDA AMALLAR

12. Yashikda 9 ta oq va 12 ta qora shar bor. Tavakkaliga 4 ta shar olindi. Ularning ichida aqalli bittasi oq bo‘lish ehtimolligini toping.
J:
13. Guruhda 30 ta talaba bo‘lib, ulardan 10 tasi matematika to‘garagiga qatnashadi. Guruh ichida tavakkaliga 6 ta talaba tanlab olindi. Ularning ichidan hech bo‘lmaganda bittasi matematika to‘garagiga qatnashadigan talaba bo‘lishi ehtimolligini toping.
J:
14. Zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‘lish ehtimolligi 0,9 ga teng. Tavakkal tekshirilgan 4 ta buyumdan faqat uchtasi sifatli bo‘lishi ehtimolligini toping.
J: 0,2187
15. Bitta o‘q otishda nishonga tekkizish ehtimolligi birinchi mergan uchun r ga teng, ikkinchi mergan uchun 0,6 ga teng bo‘lib, merganlar bir vaqt o‘q uzganda rosa bitta o‘qning nishonga tegish ehtimolligi 0,42 bo‘lsa, r ni toping.
J: 0,9
16. Uchta to‘pdan otishda nishonga tekkizish ehtimolligi mos ra-vishda P1=0,3; P2=05; P3=0,8. Nishon yakson qilinishi uchun bitta o‘qning tegishi kifoya bo‘lsa, uchala to‘pdan biryo‘la otishda nishonning yakson qilinish ehtimolini toping. J____
17. Kutubxona stellajida tasodifiy tartibda 15 ta darslik terib qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 5 tasi muqovalidir. Kutubxonachi ayol tavakkaliga 3 ta darslik oladi. Olingan darsliklarning hech bo‘lmaganda bittasi muqovali bo‘lish ehtimolini toping. J____
18. Ikkita birgalikda bo‘lmagan A1 va A2 hodisalarning har birining ro‘y berishi ehtimoli mos ravishda 0,3 va 0,8 ga teng. Bu hodisalardan faqat bittasining ro‘y berish ehtimolini toping. J____
19. Biror yashikda 14 ta qizil va 6 ta ko‘k tugma bor. Tavakkaliga 2 ta tugma olinadi. Olingan ikkala tugmaning bir xil rangli bo‘lish ehtimoli nimaga teng? J____
Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling