Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari
Download 7.77 Mb.
|
1507648726 69262
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi mashg‘ulot.
- TUG‘RUQ KUCHLARI ANOMALIYALARI
Ikkinchi mashg‘ulotda ayol dard tutgan vaqtida va tug‘ruqning birinchi davrida o‘zini qanday tutishi kerakligi ko‘rsatiladi. Tug‘ruqning to‘g‘ri o‘tishiga va og‘riq sezgilarining kamayishiga yordam beradigan quyidagi maxsus jismoniy amallar homilador ayollarga o‘rgatiladi.
uchinchi mashg‘ulotda homilador ayollar tug‘ruqning ikkinchi va uchinchi davrlari qanday o‘tishi, bu davrlardagi sezgilar xarakteri bilan ta nishtiriladi. Homila tug‘iladigan davrning boshida va oxirida qanday vazi yatda yotish ma’qulligi tavsiya etiladi. To‘lg‘oq tutganda nafasni to‘xtatib turish mashqlari o‘rgatiladi. To‘lg‘oq ta’sirini oshirish uchun chuqur nafas olgandan keyin nafasni 10–15 sekund to‘xtatib turish kerakligi tushuntiriladi. To‘rtinchi mashg‘ulot. Avvalgi mashg‘ulotlarda berilgan hamma bilim va mashqlar to‘rtinchi mashg‘ulotda qisqacha takrorlanadi, yuqo rida ko‘rsatilgan usullarni ayollar qanchalik o‘zlashtirganligi tekshiriladi. Psixoprofilaktik tayyorgarlik samarasi tug‘ruq kompleksida ishning tashkil etilishiga, meditsina xodimlarining xulq-atvoriga anchagina bog‘liq. Tug‘ruq kompleksida saranjom-sarishtalik, osoyishta vaziyat hukm surishi, tug‘uvchi ayollarga xushmuomalada bo‘lish kerak. Akusher tug‘uvchi ayolni doimo kuzatib, tetiklantirib turadi. Og‘riq sizlantirish usullarini eslatadi, tug‘ruqni eson-omon o‘tishiga ishontiradi. Tug‘uvchi ayolni tekshirganda, tug‘ruqni boshqarganda, hamma muolaja larni amalga oshirganda hovliqmaslik, osoyishta ish tutish kerak. Tug‘ruq tamom bo‘lgach, hamshira psixoprofilaktik tayyorgarlik samarasini baholaydi. Ayni vaqtda: a) ayolning tug‘ruq vaqtida o‘zini qanday tutganligi, b) tug‘uvchi ayolning kayfiyati va sezgilari haqida aytganlari hisobga olinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asos lanib, psixoprofilaktik tayyorgarlik samarasining «to‘la samara», «qisman samara», berganligi yoki «samarasi yo‘q» degan baholaridan biri qo‘yiladi. TUG‘RUQ KUCHLARI ANOMALIYALARI Tug‘ruq kuchlarining anomaliyalari zamonaviy akusherlikning aktual muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu patologiya hamma tug‘ruqning 15–17% tashkil etadi. Bu asorat tug‘ruqdan keyin patologik qon ketishi, tug‘ruq travmatizmi va homilaning o‘lik tug‘ilishi hamda chaqaloqlar o‘limi ko‘payishiga olib keladi. Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling