Tug‘ruqning birinchi davrini olib borish tamoyillari. Tug‘ruqning birinchi davrini olib borishning asosiy prinsiplari tug‘ruq jarayonini kuzatib borish va kechish me’yorlaridan cheklanishlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Ayolga erkin harakat qilish huquqi, o‘ziga qulay vaziyat egallash (tik turgan, o‘tirgan, yurgan, cho‘k tushgan va boshqa holatlar) imkoniyati berilishi lozim. Tug‘ruqlar vaqtida tana holatini erkin tanlashi onaga og‘riqni yengishni yengillashtirishga yordam beradi. Agar birinchi davrda ayol orqasi bilan yotishni ma’qul ko‘rsa, pastki kovak vena sindromidan saqlanish uchun unga chap biqinga burilib yotishni tavsiya qilishni unutmang.
Tug‘ruqlarni og‘riqsizlantirish. Tug‘ruqlar vaqtida ayol sezayot gan og‘riq darajasi, ko‘pincha uning emotsional holati va xabardorligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar ayol tinch holatda bo‘lsa, qo‘rquv his qilmasa va nafaqat o‘zin ing hamkori, balki tug‘ruq qabul qilayotgan tibbiyot xodimi tomonidan xam doimiy g‘amxo‘rona qo‘llab-quvvatlash bo‘lib tursa, u og‘riqni kam sezadi.
Og‘riqni yo‘qotishni alternativ ayniqsa, dori-darmonsiz usullari eng ma’qul usullardir. Birinchi navbatda, ayolga o‘zi istagan tana vaziyatini egallash imkoniyatini berish lozim. Bu degani ayniqsa, tug‘ruqlarning birinchi davri davomida uning harakatlari chegaralanib qolmasligi lozim, demakdir. Ayrim ayollar iliq dush yoki vanna qabul qilgach, uqalash yoki yelkasini silagandan keyin yengillik topadilar.
Nafas olish mashqlari va ayol diqqatini chalg‘itadigan relaksatsiya (og‘riqni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi) ham xuddi shunday samara beradi. Bunday amallar zararsizdir va keng tavsiya etilishi mumkin.
Tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasa xodimi ayol kechirayotgan og‘riq sezgisini iloji boricha kamaytirishga harakat qilishi zarur. Buning uchun tug‘adigan ayolni avaylab, o‘ziga xos yondashuv, hurmat bilan va ogohlantirib, tekshirib ko‘rish lozim. Ijobiy kayfiyat baxsh etish, ayolni tinchlantirish unda endogen endorfinlar ishlab chiqarishga sharoit yaratadi va bu esa og‘riqsizlantiruvchi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |