Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


Tug‘ruqlarni olib borishning zamonaviy tamoyillari


Download 7.77 Mb.
bet5/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1507648726 69262

Tug‘ruqlarni olib borishning zamonaviy tamoyillari.
Onalar va perinatal davri kasalliklari va o‘limini kamaytirish maqsa dida 1987-yilda JSST, YuNISEF, YuNFPA va Jahon Banki Bexatar Onalik tashabbusi bilan chiqdilar.
Bexatar onalik faqat onalar kasalliklari va o‘limini oldini olishdan iborat bo‘lib qolmasdan, balki ona va bola to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ni xam ko‘zda tutadi. Bu tushunchaga tug‘ruqqacha, tug‘ish vaqtida va tuqqandan keyingi davrda ayolning jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonligi kiradi hamda bular esa sog‘lom bola tug‘ilishi va sog‘lom bolalikni ta’minlashi lozim.
Stasionarga kelib tushganda ayol va uni kuzatib kelgan yaqinlari ushbu muassasaning tutgan siyosati, o‘tkaziladigan barcha choratadbirlar va mavjud qoidalar bilan tanishtirilishi lozim. Shuningdek, ayol va uning yaqinlariga kelib tushgan vaqtdagi umumiy holati to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim qilinishi kerak.
Tug‘ruq vaqtida hamkorning ishtiroki tug‘ayotgan ayolning yaqinlaridan birontasini bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb qiladi. Kim ishtirok etishini, odatda, bo‘lg‘usi onaning o‘zi hal qiladi. Tibbiyot xodimi xamkorni tug‘ayotgan ayolni kuzatib turish va unga yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga o‘rgatishi lozim. Tug‘ish vaqtida tug‘ayotgan ayolni hech qachon yolg‘iz qoldirish kerak emas.
Tug‘ruqlarni olib borishning asosiy tamoyillari:

  • me’yorda kechayotgan homiladorlikda dori-darmonsiz akusherlik yordami ko‘rsatish;

  • tug‘ruq vaqtida jismoniy va psixoemosional qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;

  • tug‘ruq jarayonida tik turishni afzalliklarini tushuntirgan holda ayolni erkin turushini ta’minlash;

  • tug‘ruq rejasiga ayolni faol jalb qilish;

  • ayol va uning hamkoriga istagan axborotni taqdim qilish;

  • sir saqlanishi maqsadida ayolni boshqalardan ajratib qo‘yish imko niyatini ta’minlash;

  • partogrammadan foydalanish;

  • tug‘ruq vaqtida toza muhitni ta’minlash;

  • ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tomonidan o‘zlarining kiyimlaridan foydalanish.


Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling