Mavzu: Hozirgi davrda dunyoviy davlat o`zbekistoning dinga bo`lgan munosabatini belgilab beruvchi omillar Reja
Download 127 Kb.
|
O`zbekistonda Davlat va din munosabatlari.
Mavzu: Hozirgi davrda dunyoviy davlat o`zbekistoning dinga bo`lgan munosabatini belgilab beruvchi omillar Reja: Islom va qonunning o’zaro munosabatlari; . Oʻzbekiston dunyoviy davlat; O`zbekistondagi diniy konfessiyalar. Din – e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni xar qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson dinga o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lishiga olib keladi. Din va qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir. Dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bevosita bog’liqdir. Binobarin, jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida iste’dodli, qobiliyatli olim va shoirlardan iborat xalq farzandlari etishib chiqib o’z ilg’or fikrlari bilan din, fan va madaniyatning turli sohalarini rivojlantirib hurfikrlik mazmunini boyitganlar. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni vaqtda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga, ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha bo’lgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din umumiy nuqtai nazarga ko’ra ishonch tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridan biridir.Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq mavjud emas. Xalq dinsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Sostiologik nuqtai-nazarga ko’ra din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. Аllоh insоnlаrgа o`z buyruq vа tа’qiqlаrini pаyg`аmbаrlаri vоsitаsidа еtkаzаdi. Bildirilgаn ilоhiy аmr vа tа’qiqlаr yig`indisi «Din» dеyilаdi. Dinimizning nоmi Islоm bo`lib, bu nоmni Аllоh bеrgаn. Din insоnning diligа rаhm-shаfqаt, sаbr-qаnоаt urug`lаrini sоchib, bizni kibru hаvоdаn, mаnmаnlikdаn sаqlаydi. Bundаn tаshqаri, insоnlаr o`rtаsidаgi tinchlik vа do`stlik rishtаlаrini bоg`lаshdа hаm o`z hissаsini qo`shаdi. O`z dinini, оnа-Vаtаnini sеvmаgаn vа hurmаt qilmаgаn kishi chin insоn emаsdur. «Din» аrаbchа so`z bo`lib, o`zbеkchаdа «ishоnmоq», «tаnimоq» dеgаn mа’nоni аnglаtаdi. Din yaхshilikkа, gunоh ishlаr qilmаslikkа, rаhm-shаfqаtli, sаbr-qаnоаtli, mаnmаn bo`lmаslikkа o`rgаtаdi. Bundаn tаshqаri insоnlаr o`rtаsidаgi tinchlik vа do`stlik rishtаlаrini bоg`lаshdа hаm muhim o`rin tutаdi. Pаyg`аmbаrimiz: «Din hаr еrgа vа hаr qаysi zаmоngа munоsib kеluvchidir», dеgаnlаr. Islоm dini pоklik, хushхulqlik, hаyo, insоf, mеhr-оqibаt, o`z Vаtаnini sеvish vа e’zоzlаsh kаbi insоniy fаzilаtlаrgа chаqirаdi.
Imоn - ishоnish, tаsdiqlаsh dеgаn mа’nоlаrni аnglаtаdi. Bizning tushunchаmizdа esа, imоn bu Аllоhgа, Pаyg`аmbаrimizgа ishоnish, yaхshi vа yomоn qilgаn аmаllаrigа ko`rа jаzо yoki mukоfоt оlishigа imоn kеltirish, ungа sidq ilа iqrоr bo`lish kаbi mаsаlаlаr nаzаrdа tutilаdi. Imоn tushunchаsi murаkkаb vа sеrqirrа bo`lgаni uchun, ungа hаr kim o`z fikrini izhоr qilgаn. Аllоhgа imоn kеltirish, bundа ungа birоr nаrsаni shеrik qilmаslikdir. Shuningdеk, оtа-оnаgа yaхshilik qilish, qаrindоsh urug`lаr, еtim, bеvа-miskinlаr hаqqini аdо etish, qo`ni qo`shnichilikkа, kаsbdоsh birоdаrlаrning burchigа riоya etish, musоfir vа qo`l оstidаgi хizmаt qilаdigаn insоnlаr huquqlаrigа e’tibоr bеrish kаbi hаr bir аmаl yaхshilik dеyilgаn. Bundа insоnlаrning gunоhini kаmаytirib, sаvоbini ko`pаytirаdigаn vа mаrtаbаsini оshirаdigаn аmаllаr imоn vа ibоdаt ekаn. Mеn mo`minmаn, musulmоnmаn dеgаn kishi аlbаttа ushbulаrgа riоya etsаlаr mаqsаdgа muvоfiq bo`lаr ekаn. Mubоrаk hаdislаrdа: «Imоn еtmishdаn оrtiq qismdir. Uning eng аfzаli – «lа ilаhа illаllоh» so`zidir. Eng kаmi esа - yo`ldа yotgаn, kishilаrgа аziyat-хаlаqit bеrib turgаn nаrsаni yo`ldаn chеtgа оlib qo`yishdir. Hаyo esа imоnning bir qismidir», dеb bаyon etilgаn. YAnа bir qаnchа hаdisi shаriflаr imоnni - hаyo, insоf, ibоdаt, rоst so`zlаsh, yolg`оnchilikdаn sаqlаnish, Vаtаnni sеvish, husni muоmаlа, аyollаrgа hurmаt munоsаbаtidа bo`lish, jаhlni yutа оlish kаbi fаzilаtlаr imоnlik kishidа mujаssаm ekаnligidаn dаlоlаt bеrаdi. Hаdislаr Kimki hаdislаrimni rivоyat qilishdа yolg`оnlikdаn dеb hаyol qilsа, dеmаk u yolg`оnchilаrning yolg`оnchisidir. Tоzаlik imоndаndir. O`zinggа yoqqаn nаrsаni bоshqаlаrgа hаm rаvо ko`r. O`rtаlаringdа sаlоm bеrishlikni оshkоr qilsаlаrining bir-biringizgа muhаbbаtli bo`lаsizlаr. Insоn bеrilgаn fаzilаtlаrning eng yaхshisi, go`zаl hulqdir. Mаnzilni so`rаgаngа yo`l ko`rsаtish hаr bir yaхshilikdir.
Mеhr so`zining mаzmuni vа mоhiyatidа оlijаnоblik, оdаmiylik, insоnpаrvаrlik, mаrdlik, sахоvаt kаbi ulug` fаzilаtlаr mujаssаmlаngаn. Mеhr-kishi хulqining pоdshоsi. Оtа-оnаgа, fаrzаndlаrgа, ustоzlаrgа vа bоshqа nаrsаlаrgа mеhr qo`yish mumkin. Eng ulug` mеhr bu оtа-оnаgа bo`lgаn mеhr, chunki insоn bоlаsining qаlbidа аvvаl оtа-оnаgа mеhr uyg`оnаdi. Оtа-оnаgа mеhrli bo`lish hаr bir fаrzаndning burchidir. Hаr qаndаy ulug` nаrsа оtа-оnа mеhridаn ustun kеlа оlmаydi. Mеhr-shаfqаtli kishi o`z qаrindоshlаri vа bаrchа yaqinlаrigа yordаm qo`lini uzаtаdi. Bundаy kishidа kibru hаvо bo`lmаydi. Dоimо o`z do`stlаri vа yordаmgа muhtоj kishilаrni o`ylаydi. Ulаrgа bеminnаt yordаm bеrаdi. Bundаylаrni el sеvаdi vа аrdоqlаydi. Ulаr Аllоhning yarаtgаn qush vа jоnzоtlаrgа hаm mеhribоndirlаr. Dоimо suv vа dоnlаridаn хаbаrdоr bo`lаdilаr. Pаyg`аbаrimiz: «Rаhm qilmаgаngа rаhm qilinmаydi»,-dеgаnlаr. Ikkinchi bir hаdisdа: «Kimki insоnlаrgа rаhm qilmаsа, Аllоh ungа rаhm qilmаydi»,-dеgаnlаr.
Bir zаmоnlаr bir yurtdа gunоhkоrlаrgа judа hаm dаhshаtli jаzо bеrilаr ekаn. Bir kuni gunоhkоrni kеltirdilаr. U хo`jаyinning qo`l оstidаn qоchgаn qul edi. qulni оyoq-qo`lidаn bоg`lаb, аtrоfi gir аylаnа bаlаnd dеvоrlаr bilаn o`rаlgаn sаhnаgа qo`ydilаr vа o`n kundаn buyon hеch nаrsа еmаgаn bir аrslоnni uni ustigа qo`yib yubоrdilаr. Аrslоn аvvаlligа, qulgа ishtаhа bilаn tаshlаndi, so`ngrа birdаn tаqqа to`хtаb, hаligi qulning qo`llаrini yalаy bоshlаdi. Hаmmа hаngumаng. quldаn bu hоdisаning sirini so`rаgаn edilаr, u shundаy dеb jаvоb bеrdi: - Bir vаqtlаr mеn o`rmоndа kеtаyotgаnimdа, shu аrslоngа duch kеlgаn edim. Pаnjаsigа tikаn kirgаn ekаn. Rоsа аzоb chеkаyotgаn ekаn. Mеn tikаnni chiqаrdim, shundаn so`ng ikkаlаmiz do`st bo`ldik. Bu vоqеаni eshitgаn хаlоyiq hаyajоngа tushdi. qulni hаm, аrslоnni hаm оzоd etdilаr. qulning оrqаsidаn аrslоnning yuvоsh bir mushukchа kаbi ergаshgаnini ko`rib, хаlq hаyrаtdаn yoqа ushlаdi. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori «Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini ortiqcha baholashga sabab bo’lgan. Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib ketishiga asos bo’ldi 2.Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxs va jamiyatga ta’sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1) Birinchidan, har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lish ehtiyojini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat seziladi. Ana shunday ehtiyoj diniy ehtiyojdir. Din bu o’rinda ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda. Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu-havaslardan, rohat-farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi. Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazish haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi. 2) Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu hodisa dinningbirlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va milliy guruhlar ma’naviy hayotining o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi. Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona hudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu binga yanada ko’proq jalb etish uchun me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalanadi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi. 3) Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilikvazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilga holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi. 4) To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik vazifasini bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa birodarlari bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligini, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishini lozimligini nazarda tutadi. 5) Beshinchisi, dinning legitimlovchilik-qonunlashtiruv-chilik vazifasi. Dinning bu vazifasini yirik amerikalik sostiolog Talkott Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq me’yorlarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday me’yorlarniqonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi». 6) Oltinchisi, dinning falsafiy-nazariy vazifasi. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishdan iboratdir. Kishilik jamiyati din doimio u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu – dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida – yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq» degan fikrdir. Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyustion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan». Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas. Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konstepstiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unitmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy guruh, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi». Dinning kelib chiqishi to’g’risidagi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan» degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra «din – bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zlarini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin» deydilar. Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish – bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm hayoliy narsa-yu, din doimo ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan doimo birga bo’lgan Din jamoat tomonidan shifrlangan qadimiyyozuvlar, mifologiya va rituallarga qat’iy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar to‘plamidir; shuningdek, shaxsiy e’tiqodhamda mistik kechinmalardan iborat bo‘lishi ham mumkin. "Din" atamasi ham jamoat e’tiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qo‘llanadi. Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. D. muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. D.ning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, D. — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir. D. dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan D. kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy D.ga falsafa b-n bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. D.ga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-a. fransuz faylasuflarining D.ga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-a.da mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-a.da D.ni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi. D.ning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda D. — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq D.siz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. D. insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida D. turli shakllarda namoyon boʻlgan. D.ning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila D.lari, milliy D.lar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon D.lari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. D. avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir D. diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda D. maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir D. dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. D.lar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. D. insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (q. Axloq). Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi. D. insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. D.ni jamiyatning hukmron kuchlari davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki D. hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida D.ni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, D. madaniy-maʼnaviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va D.ga toʻla erkinlik berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekistan aholisining asosiy qismi islom diniga, yevropalik aholi xristianlikning pravoslaviye mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular b-n bir qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari yashaydi. ovatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiyijtimoiy barqarorlikni taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar. Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, D. davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda D. va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr b-n yonma-yon rivojlanib kelmoqda. Shoista Shoabdurahimova, Muhammadjon Qodirov.[1Barcha patriarxal dinlar bir g‘oyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, birimuqaddas, boshqasi kufr bo‘lgan qismlarga bo‘lish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan,g‘ayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan o‘zak e’tiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham ta’riflanadi.An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar vadiniy matnlar o‘zak e’tiqod bilan bog‘liq ko‘riladi, va bulardan ba’zilari sekyular falsafabilan mos tushmasligi mumkin. Dinni shuningdek "turmush tarzi" ham deyishadi. Dinlarning kelib chiqishi turli madaniyatlarda turlicha kechgan. Ayrim dinlar ijtimoiy tartibni belgilab kelgan bo‘lsa, boshqalari insonningichki kechinmalari va ruhiyatini tartibga solishni ko‘zlaydi. "Din" so‘zini ba’zi hollarda "e’tiqod" ma’nosida ham qo‘llashadi, lekin bu doim o‘rinli emas, zero e’tiqod shaxsiy ishonchdan iboratdir, aslo ijtimoiy tizim emas.l Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma`naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e`tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Dinshunoslikda dinga «dinning o’zi nima?», «uning mohiyati nimadan iborat?» degan savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari din «qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko’proq din sotsiologiyasi shug’ullanadi. Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo’ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaradigan vazifalariga ko’ra o’rganish mumkin demakdir. Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta`sir qilish yo’li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e`tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta`sir ko’rsatadi? Shunga o’xshash masalalar o’rganiladi. Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta`limotni dinshunoslikda funktsionalizm rivojlantiradi. Funktsi-onalizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi: unda jamiyatdagi har bir element muayyan funktsiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma`naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: Birinchidan, har qanday din o’z e`tiqod qiluvchilari uchun Download 127 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling